https://oz.sputniknews-uz.com/20211102/bemorga-donorlik-qilishga-oid-cheklovlardan-biri-bekor-qilinmoqda-21196864.html
Bemorga donorlik qilishga oid cheklovlardan biri bekor qilinmoqda
Bemorga donorlik qilishga oid cheklovlardan biri bekor qilinmoqda
Oʻzbekistonda inson aʼzolarini koʻchirib oʻtkazish tartibi soddalashtiriladi. 02.11.2021, Sputnik Oʻzbekiston
2021-11-02T15:06+0500
2021-11-02T15:06+0500
2021-11-02T15:06+0500
jamiyat
oʻzbekiston
inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/06/17/19376459_0:0:3295:1853_1920x0_80_0_0_455f3ea96ae0580b96e8358ff1806206.jpg
TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi uchun donor bemorning yaqin qarindoshi boʻlishi kerak, degan cheklov bekor qilinmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev maʼlum qildi.Bunga oid oʻzgarish deputatlar koʻrib chiqqan “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida belgilanmoqda.Amaldagi tahrirda donor-bemorga transplantatsiya qilish uchun organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini oʻz ixtiyori bilan berayotgan inson tushunilib, u uch yildan ortiq nikohda boʻlgan er-xotinlar va ularning oldingi turmushidan boʻlgan farzandlari, toʻgʻri va yon tarafdan boʻlgan qarindoshlari, shuningdek, oʻgay ota, oʻgay ona, oʻgay oʻgʻil, oʻgay qiz va oila haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq farzandlikka olingan bolalar tirik donor boʻlishi mumkin edi.Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan.Avvalroq Oʻzbekistonda inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi borasida qonunchilikda belgilangan normalar bugungi kun talablariga mos emasligi, shu uchun mazkur qonun loyihasi muhokama qilinayotgani xabar qilingan edi.
https://oz.sputniknews-uz.com/20210819/ozbek-shifokorlari-ilk-bor-jigar-transplantatsiyasi-amaliyotini-mustaqil-amalga-oshirishdi-20152704.html
oʻzbekiston
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2021
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdnn1.img.sputniknews-uz.com/img/07e5/06/17/19376459_69:0:2798:2047_1920x0_80_0_0_cfb4c9cab9b4153f9bfb3591e13ff1ff.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
oʻzbekiston, inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi
oʻzbekiston, inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi
Bemorga donorlik qilishga oid cheklovlardan biri bekor qilinmoqda
Oʻzbekistonda inson aʼzolarini koʻchirib oʻtkazish tartibi soddalashtiriladi.
TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi uchun donor bemorning yaqin qarindoshi boʻlishi kerak, degan cheklov bekor qilinmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev
maʼlum qildi. Bunga oid oʻzgarish deputatlar koʻrib chiqqan “Inson aʼzolari va toʻqimalarining transplantatsiyasi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasida belgilanmoqda.
Endilikda donor sifatida oʻzidan aʼzolari va (yoki) toʻqimalarining transplantatsiya uchun olinishiga ixtiyoriy ravishda, bepul asosida, notarial tartibda tasdiqlangan yozma rozilik bergan inson tushuniladi.
Amaldagi tahrirda donor-bemorga transplantatsiya qilish uchun organlari, toʻqimalari va (yoki) hujayralarini oʻz ixtiyori bilan berayotgan inson tushunilib, u uch yildan ortiq nikohda boʻlgan er-xotinlar va ularning oldingi turmushidan boʻlgan farzandlari, toʻgʻri va yon tarafdan boʻlgan qarindoshlari, shuningdek, oʻgay ota, oʻgay ona, oʻgay oʻgʻil, oʻgay qiz va oila haqidagi qonun hujjatlariga muvofiq farzandlikka olingan bolalar tirik donor boʻlishi mumkin edi.
Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilinib, Senatga yuborilgan.
Avvalroq Oʻzbekistonda inson aʼzolari va toʻqimalari transplantatsiyasi borasida qonunchilikda belgilangan normalar bugungi kun talablariga mos emasligi, shu uchun mazkur qonun loyihasi muhokama qilinayotgani
xabar qilingan edi.