Sport

Boks. Yana ikki oʻzbekistonlik bokschi JCH chorak finalida jang qiladi

© Press-slujba Federatsii boksa UzbekistanaBokser Mujibillo Tursunov
Bokser Mujibillo Tursunov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Boks boʻyicha Jahon chempionatida Saidjamshid Jaʼfarov va Mujibillo Tursunov raqiblariga imkon qoldirishmadi.
TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. 1 noyabr kuni Serbiya poytaxti Belgradda oʻtkazilayotgan boks boʻyicha Jahon chempionatida Oʻzbekiston terma jamoasining toʻrt aʼzosi keyingi bosqich yoʻllanmasi uchun jang qildi.
Birinchi boʻlib Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (-67 kg) yaponiyalik Sevonres Okazavaga qarshi toʻqnash keldi. Yaponiyalik bokschi Moʻydinxoʻjayev ustidan 5:0 hisobida gʻalaba qozondi. Shu tariqa Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev 1/8 finalda oʻz ishtirokini yakunladi.
Saidjamshid Jaʼfarov (-75 kg) ozarbayjonlik Mirsharif Kazimzadega qarshi ringga koʻtarildi. Jaʼfarov uchala raundda ham raqibiga imkoniyat qoldirmadi va 5:0 hisobida gʻalaba qozondi. Endilikda u chorak final doirasida 2 noyabr kuni tailandlik Verapon Jongjohoga qarshi jang qiladi.
Boksyor Madiyor Saidraximov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.11.2021
Sport
Boks. Uch oʻzbek bokschisi JCH chorak finaliga yoʻl oldi
Mujibillo Tursunov (-63,5 kg) Xitoy Taypeyi vakili Chu Yen Laiga qarshi qilib, zafar quchdi. U musobaqaning chorak finalida kubalik Kruz Gomezga qarshi ringga koʻtariladi.
Kecha soʻnggi boʻlib jang qilgan Odiljon Aslonov (-80 kg) AQSH vakili Robbi Gonsalesga yengildi. Amerikalik 3:2 hisobida Aslonovdan ustun keldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala