Dunyoda

Kobulda portlashlar: qurbonlar soni 23 kishiga yetdi

© AFPVzrыv voyennogo gospitalya v Kabule
Vzrыv voyennogo gospitalya v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Avvalroq mahalliy nashlar Kobuldagi kasalxonaga “Islom davlati”* jangarilari hujum qilgani haqida xabar bergandi.
TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Afgʻoniston poytaxti Kobulda kasalxona oldida portlashlar sodir boʻldi.
RIA Novostining oʻz manbasiga tayangan holda xabar berishicha, hujum oqibatida halok boʻlganlar soni 23 kishiga yetgan, 50 kishi jabrlangan.
Avvalroq mahalliy “Bakhtar” nashri Kobuldagi kasalxonaga “Islom davlati”* terrorchilik guruhi jangarilari hujum qilgani haqida xabar bergandi. Guvohlardan biri RIA Novostiga bir guruh jangarilar portlash roʻy bergan kasalxonasi binosiga kirishgani va “Tolibon”* vakillari bilan jang qilayotganini maʼlum qilgan.
Toliblar vakili Bilol Karimiy Kobuldagi kasalxona ikkita portlash sodir boʻlganini maʼlum qilgan. Hodisa joyiga maxsus xizmat xodimlari yetib kelishgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala