Iqtisod

Oʻqituvchi va shifokorlar maoshini oshirish uchun 350 mlrd soʻm ajratiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Prezident oʻqituvchi va shifokorlarning oylik ish haqini oshirish uchun 2022 yilda davlat byudjetidan 350 mlrd soʻm ajratilishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda oʻqituvchi va shifokorlar maoshini oshirish uchun 2022 yilda qoʻshimcha 350 mlrd soʻm ajratiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev 2022 yil uchun soliq tushumlari hamda byudjet parametrlari yuzasidan oʻtkazgan yigʻilishda maʼlum qilindi.
Yigʻilish davomida 2022 yilda moʻljallangan davlat byudjeti loyihasida taʼlim va tibbiyot tizimiga 58 trln soʻm ajratilishi koʻzda tutilganligi aytildi.
“Taʼlim va tibbiyot tizimiga hech qachon bunday pul bermaganmiz. Shu narsani xalqimiz bilishi kerak”, — dedi davlat rahbari “Oʻzbekiston 24” telekanali tomonidan efirga uzatilgan lavhada.
Prezidentning soʻzlariga koʻra, bepul davolanish orderiga 600 mlrd soʻm ajratiladi.
“Bu ham yangilik bizning tizimimizda. Kasalni oʻziga pul beramiz. „Bitta kasallik uchun 50 ming yoki 40 ming soʻm sizning ixtiyoringizda. Xohlasangiz tibbiyotni davlatnikiga, xohlasangiz xususiyga boring“, deymiz. Shunda sal boʻlsa ham davlat idoralari tibbiyotining dunyoqarashi oʻzgaradi, degan fikrim bor mening”, — dedi Mirziyoyev.
Davlat rahbari oʻqituvchi va shifokorlarning maoshlari bosqichma-bosqich oshirilishini taʼkidlab, bu uchun 2022 yilda 350 milliard soʻm ajratilishini bildirgan.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev fargʻonalik saylovchilar bilan uchrashuv chogʻida oʻqituvchilarning maoshini 1000 dollarga yetkazmaguncha toʻxtamasligini maʼlum qilgan edi.
Koshelek s dengami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.10.2020
Jamiyat
Oʻqituvchilarning oylik maoshi 10 milliongacha oshiriladi - Shermatov
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala