Sport

Oʻzbek chavandozlari Moskvada 2ta oltin medal qoʻlga kiritishdi

© Press-slujba NOK UzbekistanaMejdunarodnыe sorevnovaniya po konkuru v Moskve
Mejdunarodnыe sorevnovaniya po konkuru v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Moskvada boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqada oʻzbekistonlik yosh sportchilar uchta birinchi oʻrin va ikkita oltin medalga sazovor boʻlishdi.
TOSHKENT, 2 noya - Sputnik. Oʻzbekistonlik chavandozlar Moskvada 28-31 oktyabr kunlari boʻlib oʻtgan xalqaro musobaqada ikkita oltin medal qoʻlga kiritishdi, deb xabar qilmoqda MOQ.
“Maxima stables” ot sportining konkur yoʻnalishi boʻyicha xalqaro turnirning birinchi kunida oʻzbekistonlik yosh sportchi Boburjon Valijonov “Lady” laqabli otda toʻsiqlar balandligi 100 sm boʻlgan yoʻnalishda gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Ikkinchi kungi bellashuvlarda Umid Komilov Yevrosiyo ligasi Jahon kubogi finalida 150 sm balandlikdagi toʻsiqlardan oʻtish dasturida “Numbero Uno Rafael” laqabli otda gʻalaba qozonib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Aytish joizki Bobur Valijonov ushbu turnirning 110 sm balandlikdagi toʻsiqlardan oʻtish dasturida ham eng yaxshi natijani qayd etib, birinchi oʻringa sazovor boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi 2019 yilning fevral oyida prezident qaroriga asosan tashkil qilingan edi. Prezident qarori bilan, federatsiya huzurida Qorabayir zotli otlarni yetishtirish va koʻpaytirish boʻyicha innovatsion selektsiya-genetika markazi ham tashkil etilgan.
Oʻzbekistonda ot sporti "Milliy gvardiya" bilan hamkorlikda rivojlanmoqda. Shu kunga qadar oʻzbekistonlik sportchilar bir qator mahalliy hamda xalqaro tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelishmoqda.
© Press-slujba NOK UzbekistanaMejdunarodnыe sorevnovaniya po konkuru v Moskve
Mejdunarodnыe sorevnovaniya po konkuru v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Mejdunarodnыe sorevnovaniya po konkuru v Moskve
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala