O‘zbekiston yengil avtomobillar eksportini oshirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s texnologicheskim protsessom na zavode ADM Jizzakh
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s texnologicheskim protsessom na zavode ADM Jizzakh - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbek avtomobillari asosan Qozog‘iston, Ukraina va Rossiyaga eksport qilinmoqda.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. 2021-yilning yanvar-sentabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga 25 171 ta yengil avtomobillar eksport qilgan. Bundan Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari darak bermoqda.
Ularning umumiy qiymati 242,5 mln dollarga teng bo‘lgan.
“Yengil avtomobil eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 14 036 taga oshgan”, - deyilgan xabarda.
Yengil avtomobillarni asosan Qozog‘iston (24 137), Ukraina (448) Rossiya (320) xarid qilgan.
Bundan tashqari, avtomobillar Afg‘oniston (128), Tojikiston (64), Ozarbayjon (37) va Qirg‘izistonga (30) eksport qilingan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s texnologicheskim protsessom na zavode ADM Jizzakh - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.10.2021
O‘zbekistonda “Kia”, “Renault” va “LADA” qanday ishlab chiqarilmoqda - foto
Joriy yilning 9 oyi mobaynida O‘zbekiston qiymati 390,2 mln dollarlik qariyb 18 150 ta yengil avtomobil import qilgan. Bu o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2331 taga kamaygan.
Yangiliklar lentasi
0