Prezident: “Yangi O‘zbekiston” massivlari barpo etiladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan
Shavkat Mirziyoyev posetil jiloy massiv v g. Andijan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2021
Obuna bo‘lish
Yig‘ilishda aholini uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish uchun kelgusi besh yilda yiliga 80 mingtadan xonadon qurish zarurligi ta’kidlandi.
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. “Yangi O‘zbekiston”massivlari barpo etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda ma’lum qilindi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mamlakatda har yili 300 mingga yaqin nikoh qayd etilmoqda, aholi soni kelgusi besh yilda 38 mlnga yetishi kutilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev aholini uy-joyga bo‘lgan talabini qondirish uchun kelgusi besh yilda yiliga 80 mingtadan xonadon qurish zarurligini ta’kidladi.
“Joylardagi saylovoldi uchrashuvlarida har bir hududda barcha iqtisodiy va ijtimoiy infratuzilmaga ega bo‘lgan "Yangi O‘zbekiston massivlari"ni barpo etish, bu orqali kelgusi besh yilda 250 mingdan ziyod xonadon qurish reja qilingan”, — dedi prezident.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu massivlar kompleks rivojlanish tamoyili asosida barpo etiladi.
Bunda:
har bir massivga ajratiladigan yer uchastkalarida sanoat loyihalari, xizmat ko‘rsatish obyektlari va ijtimoiy infratuzilma bir vaqtda quriladi;
ko‘p qavatli uy-joy qurilishini investorlar o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi;
ipoteka kreditini berish uchun banklarga budjetdan auksion asosida resurs ajratiladi. Bunga Moliya vazirligi tomonidan 20-yil muddatga 11 trln so‘m yo‘naltiriladi;
Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish va Moliya vazirliklari ehtiyojmand aholiga subsidiya beriladigan uy narxini belgilaydi;
2022 yilda ehtiyojmand 10 mingta oilaga boshlang‘ich badal va foizlarni subsidiyalash uchun budjetdan 1,5 trln so‘m ajratiladi.
Avvalroq prezident yangi uy-joy massivlari narxini bu yilgi darajada ushlab qolish zarurligini ta’kidlagani xabar qilingan edi. Bu uchun budjetdan har yili 1 trillion so‘m ajratiladi.
Stroitelstvo jilogo doma - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.10.2021
Yetim bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi belgilandi - Hukumat qarori
Yangiliklar lentasi
0