Dunyoda

Qirgʻiziston qoʻshnilarini kutilayotgan suv tanqisligidan ogohlantirdi

© Sputnik / Akыlbek BatыrbekovObmelevshiy bereg Toktogulskogo vodoxraniliщa v Djalal-Abadskoy oblasti. Arxivnoye foto
Obmelevshiy bereg Toktogulskogo vodoxraniliщa v Djalal-Abadskoy oblasti. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Qirgʻizistondagi Toqtogul suv ombori sathi kamayishi Oʻzbekistonga ham oʻzining salbiy taʼsirini oʻtkazishi mumkin.
TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Qirgʻizistonning Jalolobod viloyatida joylashgan Toqtogul suv omborining suv sathi “oʻlik chegara” darajasigacha tushishi ehtimoli bor. Bu haqda Qirgʻiziston energetika va sanoat vaziri oʻrinbosari Taalaybek Ibrayev maʼlum qildi, deb xabar qilmoqda “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJmatbuot xizmati.
Ibrayev Bishkekda boʻlib oʻtgan Markaziy Osiyo Birlashgan energetika tizimi Elektr energetika muvofiqlashtiruvchi kengashining yigʻilishida koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan ushbu suv omborining sathi kamayishi mumkinligi haqida gapirdi.
“Bu holat mintaqada kelgusi yil vegetatsiya davrini muvaffaqiyatli oʻtishga imkon bermaydi va, oʻz-oʻzida maʼlumki, Toqtogul suv omboriga tutash daryolar oqib oʻtadigan qoʻshni mamlakatlarga oʻzining salbiy taʼsirini koʻrsatadi”, - dedi u.
Qirgʻistonlik amaldor vaziyatni oʻnglash uchun Qirgʻiziston elektr energetika tizimiga qoʻshni davlatlardan yordam olish zaruriyati mavjudligini qayd etdi.
Yigʻilishida energiya resurslari tanqisligi va uning tannarxi keskin oshib borayotgani, dunyo va mintaqada suv tanqisligi tufayli kuzatilayotgan energetika inqirozi muhokama qilindi.
Toktogulskaya GES v Kыrgыstane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.06.2021
Jamiyat
Qirgʻiziston elektr energiya ishlab chiqarish uchun Oʻzbekistonga suv yetkazib bermoqda - video
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala