Iqtisod

Rossiya korxonasi Oʻzbekiston qogʻoz sanoatiga $ 42 mln sarmoya kiritdi

© Sputnik / Igor Katayev / Fotobankka oʻtishUchastok obrabotki bumag v tsexe po proizvodstvu zaщiщennыx bumag, illyustrativnoye foto
Uchastok obrabotki bumag v tsexe po proizvodstvu zaщiщennыx bumag, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Oʻzbekiston hukumati bilan kelishuvga koʻra, "Nikol Pak" 2022 yilga qadar 75 million dollar sarmoya kiritishi kerak.
TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Rossiyaning "Nikol-Pak" fabrikasi Angrenda joylashgan "Angren Pack" AJni modernizatsiya qilishning birinchi bosqichini yakunladi.
Oʻtgan 3,5 yil mobaynida Angrendagi korxonaning binolari va qurilmalarini yangilash maqsadida 42 million dollar sarflandi. Xususan, umumiy quvvati 80 ming tonna boʻlgan qogʻozni gofra qilish va karton ishlab chiqarish liniyalari (Fluiting va Liner) ishga tushirildi.amda korxona mahsulotlari Qozogʻiston, Pokiston, Qirgʻiziston va Ozarbayjonga yetkazib berilmoqda", — deb xabar qilishdi kompaniyada.
Ayni damda Angren Packda investitsion loyihaning ikkinchi bosqichi boshlangan boʻlib, uning doirasida ishlab chiqarilayotgan qogʻoz va karton mahsulotlari hajmini ikki baravar oshirish rejelashtirilgan: qogʻoz va karton mahsulotlar hajmini yiliga 150 ming tonnaga hamda gofrotara mahsulolari hajmini 150 mln. Kv.m.ga yetkazish rejalashtirilgan.
Maʼlumot uchun "Nikol-Pak" korxonasi Rossiya hududida joylashgan beshta qogʻoz fabrikasi hamda Angren Packdan iborat. Uyushmaning Rossiya boʻlimi yilida 220 ming tonna tayyor mahsulot ishlab chiqaradi.
Angren Pak — Oʻzbekiston hududida joylashgan eng yirik qogʻoz korxonadir. SSSR davrida ushbu korxona Rossiyadan olib kelingan xom-ashyoda ishlagan. 2018 yilning iyun oyida "Nikol Pak" Angren Packning Chexiya Paper Mill Holdingiga tegishli boʻlgan 53% aktsiyalarini sotib olgan edi. Oʻzbekiston hukumati bilan erishilgan kelishuvga koʻra, "Nikol Pak" 2019—2022 yillarda korxonaga 75 million dollar sarmoya kiritishi hamda bitumli va gidroizolyatsion materiallar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala