Rossiya

Rossiya "S-500" tizimlarini birinchi boʻlib kimga sotishi mumkinligi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishKompleks PVO S-400 "Triumf" zastupil na boyevoye dejurstvo v Sevastopole
Kompleks PVO S-400 Triumf zastupil na boyevoye dejurstvo v Sevastopole - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
S-500 "Prometey" – 600 km masofada uchib kelayotgan 10ta nishonni “tutib olishi” kuzatib borishi va yoʻq qilishi mumkin, jumladan gipertovushli raketalarni ham.
TOSHKENT, 2 noya – Sputnik. Rossiya S-500 tizimlarini birinchi boʻlib Xitoy va Hindistonga sotishi mumkin, dedi Federal harbiy-texnik hamkorlik xizmati (FSVTS) direktori Dmitriy Shugayev. RIA Novosti RBK nashriga asosan.
“Rossiya Qurolli kuchlari yetarlicha S-500 tizimlari bilan taʼminlanganidan soʻng, uni eksportga yetkazib berish mumkin boʻladi. Biz Hindistonni ham Xitoyni ham, umuman uzoq muddatli barrqaror munosabatlar oʻrnatilgan barcha hamkorlarimizni ushbu eng zamoanaviy tizimning istilbolli xaridorlar sifatida koʻrib chiqmoqdamiz”, - dedi Shugayev.
Shu bilan birga FSVTS har qanday buyurtmani alohida shartlarda koʻrib chiqishga tayyor.
Rossiya prezidenti biroz oldin seriyali ishlab chiqarilgan dastlabki S-500 tizimlarini Rossiya armiyasiga yetkazib berish yaqin vaqt ichida boshlanishini xabar qilgan edi.
S-500 "Prometey" – “yer – havo” tizimidagi zenit-raketa majmualarining yangi avlodiga mansub boʻlib, uzoq masofaga zarba beruvchi universal himoya vositasidir. Majmua bir vaqtning oʻzida 600 km masofada 7km/soniya tezlikda uchib kelayotgan 10ta nishonni “tutib olishi” kuzatib borishi va yoʻq qilishi mumkin. S-500 shu jumladan gipertovushli raketalarni ham tutib olish imkoniga ega.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala