Jamiyat

Talabalar xarajatlarining bir qismi byudjetdan qoplanadi

© AFP / YURI KORSUNTSEVUzbekskiye studentы sdayut vstupitelnыe ekzamenы pod otkrыtыm nebom v Tashkente
Uzbekskiye studentы sdayut vstupitelnыe ekzamenы pod otkrыtыm nebom v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Kelgusi yilgi davlat byudjetida asosiy eʼtibor ijtimoiy sohaga, jumladan taʼlim va tibbiyot sohalariga qaratiladi.
TOSHKENT, 2 noya - Sputnik. Kelgusi yilgi davlat byudjetiga 80 ming nafar talabalar xarajatlarining bir qismini qoplash ham kiritildi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev ishtirokida boʻlib oʻtgan majlisda maʼlum boʻldi.
Xususan, prezident 2022 yilgi davlat byudjetida taʼlim va tibbiyot tizimi uchun nazarda tutilgan 58 trillion soʻm ustiga yana 12 trillion soʻm qoʻshimcha mablagʻ ajratish taklifini bildirdi.
Ushbu mablagʻlardan hududlarda 1 600 ta bolalar bogʻchasi tashkil etish, Milliy taʼlim dasturi doirasida 40 ta yangi maktab qurish va 235 tasini taʼmirlash rejalashtirilgan.
Undan tashqari, bakalavr yoʻnalishida davlat grantlari, magistratura va doktoranturaga qabullar sonini oshirish, davlat-xususiy sheriklik asosida yotoqxonalar qurishga subsidiya berish hamda 80 mingdan ortiq talabalar ijara xarajatlarining bir qismini qoplash koʻzda tutilgan.
Shuningdek, hududlarda yuqori texnologik tibbiy xizmatlarni joriy etish uchun 8 trillion soʻm ajratiladiyu Undan 1 trillion soʻmi - onkogematologiya, endokrinologiya, buyrak va jigarni koʻchirish kabi dasturlarga yoʻnaltiriladi. 2022 yilda koronavirusga qarshi emlanganlar sonini 17 million nafarga yetkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala