Iqtisod

Toliblar Oʻzbekiston savdo-sotigʻiga xalaqit beryaptimi?

© AFP / WAKIL KOHSARUzbeksko-afganskaya granitsa
Uzbeksko-afganskaya granitsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Afgʻonistonda hukumat oʻzgargandan keyin ikki mamlakat oʻrtasidagi oʻzaro tovar aylanmasi zarar koʻrdimi?
TOSHKENT, 2 noya — Sputnik. Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi savdo-sotiq qayta tiklanmoqda. Afgʻon tomonidagi yetkazib beruvchilar oʻzgarmagan, toliblar tovarlar harakatiga muammo tugʻdirishmayapti.
Bu haqda RIA NovostigaTermez Cargo Centre” logistik markazi direktori Nodirbek Jalilov maʼlum qildi.
“Afgʻonistondan yuklar surʼati oʻsmoqda, raqamlar bilan aytish hozircha qiyin, hali aniq hisoblab chiqqanimiz yoʻq, lekin u oʻsib boryapti”, - deydi Jalilov.
Uning taʼkidlashicha, markaz omborlariga Pokistondan afgʻon vositachi tadbirkorlaridan kartoshka olib kelinmoqda, sentyabr oʻrtasiga kelib tsitrus mevalarini yetkazib berish boshlanadi.
P/k zapreщennogo v RF dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.10.2021
Dunyoda
“Tolibon”* oʻz delegatsiyasining Oʻzbekistonga tashrifini ijobiy baholadi
“Afgʻonistondan boʻlgan yetkazib beruvchilar va ishbilarmonlar avvalgilar boʻlib qolmoqda. Jiddiy muammolarni (Afgʻonistonning yangi hukumati tomonidan) koʻrmayapmiz”, - deya qayd etdi markaz direktori.
Oʻz navbatida, oʻzbek kompaniyalari afgʻon isteʼmolchilariga oziq-ovqat mahsulotlarini yetkazib berishmoqda.
Jalilov Oʻzbekiston hukumati oktyabr oyida tsitrus mevalari va kartoshkani import bojxona bojidan ozod qilganini eslatdi. Shu bois Afgʻonistondan keltiriladigan mahsulotlar hajmi oʻtgan yilgiga qaraganda koʻproq boʻlishi kutilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, 2020 yilda Termizdagi logistik markaz orqali Afgʻonistondan 18 ming tonna qishloq xoʻjaligi mahsulotlari qabul qilingan. Shulardan 95 foizi keyin Oʻzbekiston bozorlariga chiqarilgan.
Joriy yil yanvar-sentyabr oylarida Oʻzbekiston va Afgʻoniston oʻrtasidagi oʻzaro tovar aylanmasi hajmi 488,9 million dollarni tashkil etgan.
Peregovorы Tashkenta i Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2021
Infografika
Toshkent va Qobulning qoʻshma loyihalari davom etmoqda

Toliblarning Afgʻoniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi oʻrtalarida "Tolibon"* aʼzolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga oʻtar kechasi AQSH harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afgʻonistondagi qariyb 20 yillik amerika kampaniyasi oʻz yakuniga yetdi.
Jangarilar Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi maʼlum boʻldi.
* Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala