Iqtisod

Ayrim tadbirkorlarga soliqlarni kechiktirib toʻlash imkoniyati beriladi

Nalogi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
2022 yil 1 yanvardan ayrim tadbirkorlik subʼyektlariga mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan soliqlarni toʻlashni 6 oyga kechiktirish huquqi beriladi.
TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Oʻzbekistonda ayrim tadbirkorlarga soliqlarni kechiktirib toʻlash imkoniyati beriladi. Bu prezident imzolagan Mahalliy va xorijiy investorlar tomonidan soliqlarni toʻlashni kechiktirish mexanizmlarini takomillashtirish toʻgʻrisida qonunda nazarda tutilgan.

Qarorga koʻra, 2022 yil 1 yanvardan tadbirkorlik subʼyektlariga umumiy maydoni 1 000 dan ortiq boʻlgan yer uchastkalari, bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini qoʻlga kiritganda mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha hisoblangan soliqlarni toʻlashni 6 oyga kechiktirish huquqi beriladi.

Davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan korxonalar, yer qaʼridan foydalanuvchilar va aktsiz osti mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno.
Soliqlarni toʻlashni kechiktirish mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab 3 oy muddat ichida soliq organlarini xabardor qilgan va uning toʻlanishini taʼminlash (garov) talab etilmagan holda amalga oshiriladi.
Nalogi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Iqtisod
YATTlar uchun ijtimoiy soliq ikki baravar kamaytiriladi – yangi qonun
Soliqlarni toʻlashni kechiktirishning amal qilish muddati xabarnoma yuborilgan kundan boshlab hisoblanadi. Uning tugagan sanasidan boshlab kechiktirilgan soliq summasi hisoblangan foizlar bilan birga teng ulushlarda bir yil davomida toʻlab beriladi.
Soliq toʻlash muddatlarini oʻzgartirish imkoniyatini berishdan foydalanganlik uchun foizlar soliqlar kechiktirilgan sanadan boshlab Markaziy bank asosiy stavkasining 50 foizi miqdorida hisoblanadi.
Yer uchastkasi, bino va inshootlar soliq toʻlovlarini kechiktirish muddati davomida sotilgan yoki ijaraga berilgan taqdirda, mol-mulk soligʻi va yer soligʻi boʻyicha kechiktirish muddati davomida hisoblangan soliq summasi toʻliq miqdorda undiriladi.
Soliq qonunchiligini buzish xavfi yuqori boʻlgan soliq toʻlovchilar guruhiga kiritilgan tadbirkorlik subʼyektlariga soliqlarni toʻlashni kechiktirish taqdim etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala