Sport

Boks. Serbiyadagi JChda faqat ikki oʻzbekistonlik bokschi medal uchun jang qiladi

© Press-slujba Federatsii boksa UzbekistanaBoksyor Abdumalik Xalakov
Boksyor Abdumalik Xalakov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
Boks boʻyicha Jahon chempionati yarim finaliga faqat Madiyor Saidrahimov va Abdumalik Xalakov yetib kelishdi.
TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Serbiya poytaxti Belgraddagi boks boʻyicha jahon chempionatida chorak final janglari yakunlandi.
Yarim final yoʻlida kechgan soʻnggi janglarda Madiyor Saidrahimov (-92 kg) angliyalik Lyuis Ulyamsga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.
Avvalroq Abdumalik Xalakov (-60 kg) oʻzbek bokschilari orasida birinchi boʻlib yarim final yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan edi. U chorak finalda rossiyalik bokschi ustidan ishonchli gʻalaba qozondi.
Afsuski, Nodirjon Mirzahmedov (-48 kg), Saidjamshid Jaʼfarov (-75 kg), Lazizbek Mullojonov (+92 kg) va Mujibillo Tursunov (63,5 kg) chorak final bahslarida magʻlub boʻlib, chempionatni tark etishdi.
JCH yarim finallari 4 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Abdumalik Xalakovga Eron vakili Doniyol Shobaxsh, Madiyor Saidrahimovga kubalik bokschi Xulio La Kruz raqiblik qiladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala