Chortoqda ham "siti" qurilishi boshlandimi?

© Xalk So‘ziStroitelstvo mnogoetajnix domov v Chartake
Stroitelstvo mnogoetajnix domov v Chartake - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2021
Obuna bo‘lish
Chortoq tumanida kuchli zilzilaga bardosh bera oladigan 12 qavatli uylar qurilishi boshlandi.
TOShKENT, 3 noya - Sputnik. Chortoqda zamonaviy shaharcha qurilishi boshlandi, deb xabar qilmoqda "Xalq so‘zi" nashri.
Namangan-Chortoq avtomobil yo‘lining tuman markaziga kiraverish qismida joylashgan yangi shaharchaning loyiha qiymati 120 milliard so‘mni tashkil qiladi. Dastlabki bosqichda bu yerda 440 xonadonga mo‘ljallangan 7, 9 va 12 qavatli yettita bino quriladi, - deyilgan xabarda.
Ushbu hudud seysmik faol hisoblanadi. Yangi binolarning zilzilaga bardoshliligi qanday ekan? Bu haqida qurilish pudratchisi "Osiyo" MChJ ish yurituvchisi Abduolim Botirov shunday dedi.
– Chortoqda hozirga qadar 4-5 qavatli binolargina qurilgan. Boisi, tuman tog‘oldi hududga joylashgan bo‘lib, seysmik jihatdan faol nuqtalardan. Ayni jihatini hisobga olib, loyihaga kiritilgan ko‘p qavatli binolarning seysmik mustahkamligiga alohida e’tibor qaratildi. Ular 7-8 ball darajadagi yer silkinishiga bardosh bera oladi.
Shaharcha uchun ajratilgan 1,8 gektar maydonda qurilish ishlari boshlanganiga bir oydan oshdi. Hozirgi kunda bu yerda yetarli texnika vositalari va 50 dan ortiq quruvchi tomonidan poydevor qo‘yish yumushlari tezkorlik bilan olib borilmoqda. Binokorlar loyiha ijrosini kelgusi yil oxirigacha nihoyasiga yetkazishni mo‘ljallashgan.
Bo‘lajak shaharchada bolalar va keksalar dam olish maydonlari, avtoturargoh, yer usti o‘tish yo‘lagi, xiyobon hamda boshqa infratuzilma inshootlari barpo etilib, aholi uchun munosib turmush sharoiti yaratiladi. Uncha uzoq bo‘lmagan joyda kichik sanoat zonasi ham ishga tushiriladi.
Yangiliklar lentasi
0