Jamiyat

Endi oʻzbekistonliklar Rossiyada ham haydovchilik guvohnomasini almashtirishi mumkin

© Sputnik / Aleksey Filippov / Fotobankka oʻtishV Rossii nachali vыdavat voditelskiye udostovereniya novogo obraztsa
V Rossii nachali vыdavat voditelskiye udostovereniya novogo obraztsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
Konsullik muassasasi talabgor nomidan soʻrovnomani toʻldirib, 1 ish kunida IIV YHXBBga yuboradi.
TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Hukumat qarori bilan Oʻzbekistonning Rossiyadagi konsullik muassasalarida Oʻzbekistonning eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish tartibi boʻyicha vaqtinchalik nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.
Unga koʻra, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi konsullik muassasasi orqali IIVning Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi (IIV YHXBB) tomonidan rasmiylashtiriladi.
Talabgor haydovchilik guvohnomasini yangisiga almashtirish uchun konsullik muassasasiga ariza bilan shaxsan murojaat qilishi mumkin. Konsullik muassasasi talabgor nomidan soʻrovnomani toʻldirib, 1 ish kunida IIV YHXBBga yuboradi.
YHXBB hujjatlarni koʻrib chiqib, 1 ish kunida yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtiradi. Uni Tashqi ishlar vazirligi Konsullik-huquqiy departamentiga (TIV KHD) yuboradi.
Shunga asosan, TIV KHD haydovchilik guvohnomasini konsullik muassasasiga diplomatik pochta orqali taqdim etadi.
Teoreticheskiye i prakticheskiye zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Jamiyat
Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga onlayn ariza topshirish mumkin
Konsullik muassasasi 1 ish kunida yangi guvohnomani egasiga beradi yoki asoslangan sabablarga koʻra rad etadi.
Eski namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasi yangisiga almashtirish uchun BHMning 70 foizidagi toʻlov, 20 dollar konsullik yigʻimi, 20 dollar haqiqiy xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun yigʻim undiriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala