Jamiyat

Maxsus pensiya Telegram-boti ishga tushirildi

© Sputnik / Maksim BlinovJenщina derjit telefon v rukax.
Jenщina derjit telefon v rukax. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
Bot orqali fuqarolar pensiya toʻlovi, uni tayinlash uchun zarur hujjatlar haqidagi maʼlumotlarni olishlari mumkin.
TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Pensiya va nafaqa oluvchi shaxslar davlat pensiya taʼminoti sohasida axborotni olishi mumkin boʻlgan maxsus @pensiyauzbot Telegram-boti ishlab chiqildi. Bu haqda Moliya vazirligi xabar bermoqda.
Bot orqali pensiya va nafaqa oluvchi shaxslar individual ravishda quyidagi maʼlumotlarni olishlari mumkin:
pensiya tayinlanganlikligi haqida maʼlumotlar;
pensiya toʻlovi boʻyicha maʼlumot;
pensiya va nafaqa tayinlash uchun zarur hujjatlar.
Shuningdek, maxsus Telegram-bot orqali pensiya jamgʻarmasiga murojaat yoʻllash imkoniyati ham yaratilgan. Qolaversa, kelgusida shaxsiy jamgʻarib boriladigan pensiya hisobi xaqida maʼlumotlarini olish rejalashtirilgan.
Botdan toʻliq foydalanish uchun faqatgina pensiya jamgʻarmasi roʻyhatida mavjud hamda "SMS-Pensiya" interaktiv xizmatiga ulangan fuqarolar foydalanishi mumkin.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 19.08.2021
Jamiyat
Oʻzbekiston 3 pogʻonali pensiya tizimiga oʻtishni rejalashtirmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala