Jamiyat

"Notoʻgʻri harakatlari uchun" - Oʻzkomnazorat boshligʻi vazifasidan chetlatildi

© © Sputnik / Tabыldы Kadыrbekov.Kreslo rukovoditelya
Kreslo rukovoditelya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
Bugun Oʻzbekiston hududida roʻy bergan holat uchun Oʻzkomnazorat boshligʻi va mutaxassislari ishdan olinadi.
TOSHKENT, 3 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspektsiyasi "Oʻzkomnazorat" boshligʻi Gʻolibsher Ziyayev vazifasidan chetlatildi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
"Prezident topshirigʻiga asosan Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat boʻyicha davlat inspektsiyasi boshligʻi Gʻolibsher Ziyayev notoʻgʻri va kelishilmagan xatti-harakatlari uchun egallab turgan vazifasidan chetlatildi, roʻy bergan holat yuzasidan tergov-surishtiruv harakatlari olib boriladi", - deyilgan xabarda.
Undan tashqari, surishtiruv davomida aybdor deb topilgan boshqa mutaxassislar ham ishdan olinishi mumkin, deyilgan xabarda.
Maʼlumot uchun, bugun Oʻzbekiston ijtimoiy tarmoqlarida uzilish va aloqa tezligi cheklangani haqida xabarlar paydo boʻlgan edi. Xususan Telegram, Facebook, Instagram foydalanuvchilari aloqa tezligi cheklangani haqida xabar qilishgan edi.
Sotsseti, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
Jamiyat
Tez orada barcha tarmoqlarga ulanish tiklanadi - Asadov
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala