O‘zbekistonda davlat ilk bor aholidan elektr energiyasini sotib oldi

© Press-slujba Ministerstva energetiki Respubliki UzbekistanV Uzbekistane vpervie gosudarstvo zakupilo elektrichestvo u naseleniya
V Uzbekistane vpervie gosudarstvo zakupilo elektrichestvo u naseleniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2021
Obuna bo‘lish
Fuqaro xonadonida quyosh foto elektr stansiyasini ishlab chiqarayotgan elektr energiyasini sotishni boshladi.
TOShKENT, 3 noya — Sputnik. O‘zbekistonda ilk bor davlat aholidan elektr energiyasini xarid qildi.
Energetika vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida istiqomat qiluvchi Rasulov Rahimjon xonadonida 6 kVt quvvatli kichik quyosh foto elektr stansiyasini o‘rnatgan. O‘z ehtiyojlaridan ortgan elektr energiyasini hududiy elektr tarmoqlari korxonasiga sotishni boshlagan.
Stansiya yiliga 7 000 dan 10 000 kVt.soatgacha elektr energiyasini ishlab chiqaradi.
3 noyabr kuni xonadon egasi va Toshkent shahar elektr tarmoqlari korxonasi o‘rtasida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining kichik obyektlaridan ishlab chiqarilgan elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risida” shartnoma imzolandi.
© Press-slujba Ministerstva energetiki Respubliki UzbekistanV Uzbekistane vpervie gosudarstvo zakupilo elektrichestvo u naseleniya
V Uzbekistane vpervie gosudarstvo zakupilo elektrichestvo u naseleniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2021
V Uzbekistane vpervie gosudarstvo zakupilo elektrichestvo u naseleniya
Endilikda ushbu xonadonda ishlab chiqarilgan elektr energiyasini hududiy elektr ta’minoti korxonasi tomonidan kafolatlangan tarzda sotib olinadi.
Ushbu shartnoma umumiy o‘rnatilgan quvvati 1 MVt gacha (o‘zgaruvchan tok ) bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari obyektlaridan, (mikro va kichik gidroelektr stansiyalardan tashqari) elektr eneriyasini xarid qilishga taalluqlidir.
© Press-slujba Ministerstva energetiki Respubliki UzbekistanV Uzbekistane vpervie gosudarstvo zakupilo elektrichestvo u naseleniya
V Uzbekistane vpervie gosudarstvo zakupilo elektrichestvo u naseleniya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2021
V Uzbekistane vpervie gosudarstvo zakupilo elektrichestvo u naseleniya
Mazkur amaliyot Vazirlar mahkamasining 2019 yil 22-iyuldagi qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasi, shu jumladan, energiyaning qayta tiklanadigan manbalaridan elektr energiyasi ishlab chiqaradigan tadbirkorlik subektlarini yagona elektr energetika tizimiga ulash reglamenti”ga asosan amalga oshiriladi.
Bunda hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan elektr energiyasini sotib olish prezidentning 2020 yil 10-iyuldagi PQ-4779-sonli qarorida belgilangan tarifga asosan amalga oshiriladi.
“Ahamiyatlisi, shu kabi ishlab chiqarilgan elektr energiyasini umumiy tarmoqqa sotish – ASKUE tizimi doirasida o‘rnatilgan zamonaviy elektron hisoblagichlar orqali amalga oshiriladi” – deyilgan xabarda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev na otkritii solnechnoy elektrostansii v Navoyiskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2021
O‘zbekistonda yirik quyosh fotoelektr stansiyasi ishga tushirildi
Vazirlik shaxsiy quyosh fotoelektr stansiyalarini (1 MVt gacha) o‘rnatish istagida bo‘lgan fuqarolar stansiyalarini yagona energetika tizimiga ulangan holda foydalanishlari hamda ortgan qismini hududiy elektr tarmoqlari korxonalariga yuqoridagi qarorlarga asosan shartnoma asosida sotishlari mumkinligini eslatgan.
Yangiliklar lentasi
0