O‘zbekistonda eng kam maosh qancha?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.11.2021
Obuna bo‘lish
Bugungi kunda O‘zbekistonda eng kam maosh 822 000 so‘m, belgilangan yoshda eng kam pensiya 623 000 so‘m bo‘lishi kerak.
TOShKENT, 3 noya - Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekistonda eng kam maosh qancha? Ushbu va ish haqi, pensiya va bazaviy hisoblash miqdoriga doir yana qator savollarda Huquqiy axborot telegram kanali javob berdi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston hududida maosh va ijtimoiy to‘lovlar miqdori:
mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – 822 000 so‘m;
yoshga doir eng kam pensiyalar – 565 000 so‘m;
belgilangan yoshga doir eng kam pensiya — 623 000 so‘m;
yoshga doir pensiya oluvchi nogironligi bo‘lsa — 623 000 so‘m;
bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar nafaqasi – 622 000 so‘m;
bazaviy hisoblash miqdori – 270 000 so‘m;
pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 289 000 so‘m;
zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 440 000 so‘m;
ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda – 440 000 so‘m;
Undan tashqari, 1941 — 1945-yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek, fashistlar konslagerlarining voyaga yetmagan sobiq mahbuslari va Leningrad shahri qamal qilingan davrda ishlagan shaxslarning eng kam pensiya miqdori ustamalarni inobatga olgan holda — oyiga 2 750 000 so‘m etib belgilangan.
Maosh, pensiya va nafaqalar miqdori O‘zbekiston prezidntining 2021-yil 17-avgustida imzolangan 6279-sonli qarorida belgilangan.
Yangiliklar lentasi
0