Rossiya 2060-yilga qadar neytral uglerodli iqtisod quradi – Putin

Obuna bo‘lish
Rossiya 2060-yilga qadar neytral uglerodli iqtisod quradi, buning uchun hukumat o‘rmon xo‘jaliklarini asrash va kengaytirish bilan shug‘ullanmoqda - Putin.
TOShKENT, 3 noya - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin iqlim bo‘yicha Glazgoda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro anjumanda videokonferensiya formatida ishtirok etdi va Rossiyaning neytral uglerodli iqtisodga o‘tish rejalari haqida batafsil to‘xtalib o‘tdi.
“Rossiya o‘z oldiga 2060-yilga qadar neytral uglerodli iqtisod qurish vazifasini qo‘ygan. Biz bunda, albatta, o‘zimizning takrorlanmas o‘rmon eko tizimlarimizga, ularning CO2 gazlarini yutish va kislorod ishlab chiqarish potensialiga asoslanamiz”, - dedi Rossiya prezidenti.
“Axir bizning hududda Yer sharining jami o‘rmonlarining 20% joylashgan. Biz ushbu o‘rmonlarni saqlab qolish uchun barcha choralarni ko‘rmoqdamiz”, deb Rossiya prezidenti hukmuat tomonidan ko‘rilayotgan choralarni sanab o‘tdi. Xususan:
O‘rmonlarni boshqarish tizimini takomillashtirish;
O‘rmon yong‘inlari va noqonuniy o‘rmon kesishga qarshi kurash;
O‘rmon hududlarni qayta tiklash;
O‘rmon xo‘jaligini moliyalashtirishni oshirish;
Shu sababli Vladimir Putin ham Glazgo anjumanida muhokama qilinayotgan o‘rmon eko-tizimlarini saqlab qolish borasidaga barcha takliflarini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
Rossiya prezidenti fikriga ko‘ra, G26da o‘rmon xo‘jaliklari bo‘yicha taklif qilinayotgan tashabbuslar Atmosferaga CO2 gazlari chiqarishni kamaytirish bo‘yicha Parij bitimini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi.
TES - Sputnik O‘zbekiston
Neytral uglerodli iqtisod

Ushbu termon biror davlat yoki kompaniya SO2 gazlarini chiqarishni butunlay to‘xtatganini yoki uni manfiy uglerodli faoliyat evaziga uni qisqartirganini anglatadi.

Ushbu termin 2020-yildan boshlab keng qo‘llanila boshladi. Ekologlar neytral uglerodli iqtisodni 3 bosqichga bo‘lishgan:

1 - Atmosferaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqariladigan gazlarni yo‘q qilish kerak;

2 – foydalanilayotgan energiya manbaalari ham SO2 chiqarmasligi kerak;

3 – nafaqat kompanyaning o‘zi, balkim uning yetkazib beruvchi hamkorlari ham atmosferaga SO2 chiqarmasligi kerak.

Yangiliklar lentasi
0