Dunyoda

The Lancet “Sputnik Layt”ning yuqori samaradorligi haqida maqola chop qildi

© Sputnik / Vitaliy BelousovMigrantы v punkte vaktsinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom "Sputnik Layt" na territorii TTS "Sadovod" v Moskve
Migrantы v punkte vaktsinatsii ot COVID-19 rossiyskim preparatom Sputnik Layt na territorii TTS Sadovod v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
Nufuzli ilmiy jurnal “Sputnik Layt” vaktsinasi tadqiqotlari natijalarini eʼlon qildi.
TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Tadqiqotlar koronavirusga qarshi bir komponentli “Sputnik Layt” vaktsinasi bemorlar uchun xavfsiz va samarador ekanini koʻrsatdi. Tadqiqot natijalarini The Lancet ilmiy jurnali chop qildi, deya yozadi Rossiya toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar jamgʻarmasi matbuot xizmati.
Tadqiqot davomida vaktsinani olganlarda nojoʻya taʼsir yengil yoki oʻrtacha boʻlgan. Jiddiy nojoʻya taʼsirlar qayd etilmagan.
Bir komponentli “Sputnik Layt” vaktsinasi ham mustaqil, ham qoʻshimcha vaktsina sifatida qoʻllanilganda samarador hisoblanadi. U 15 tadan ziyod mamlakatlarda roʻyxatdan oʻtgan. Yana 30 ta davlatda roʻyxatdan oʻtkazish jarayonlari amalga oshirilmoqda.
Vaktsina Sputnik Layt - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.10.2021
Dunyoda
Turli vaktsinalarning "Sputnik Layt"bilan kombinatsiyasi yuqori samaradorlik koʻrsatdi
Gamaleya nomidagi markazning oldingi tadqiqotlari “Sputnik Layt” koronavirusning delta-shtammiga qarshi emlangandan uch oy oʻtib 70 foiz samaradorligini koʻrsatgan edi. Tadqiqotda Moskvada emlangan 28 ming kishi qatnashgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala