Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Toliblar Afgʻonistonda xorijiy valyutadan foydalanishni taqiqladi

© Sputnik / Aleksey Suxorukov / Fotobankka oʻtishMoneta nominalom odin dollar SSHA na banknote odin dollar SSHA
Moneta nominalom odin dollar SSHA na banknote odin dollar SSHA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
Afgʻoniston muvaqqat hukumati mamlakatda hisob-kitoblar uchun xorijiy valyutadan foydalanish taqiqlandi. Qoidabuzarlar javobgarlikka tortiladi.
TOSHKENT, 3 noya — Sputnik. Afgʻonistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon”* harakati ogʻir iqtisodiy vaziyat tufayli mamlakatda xorijiy valyutadan foydalanishni taqiqladi. Bu haqda harakat vakili Zabihulloh Mujohid maʼlum qildi, deya yozadi RIA Novosti.
“Islom Amirligi barcha afgʻonlarga, doʻkonlar egalariga, tadbirkorlarga moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda faqat afgʻoniydan foydalanishni va xorijiy valyutani ishlatmaslikni buyuradi”, - deb yozgan Mujohid Twitter’dagi sahifasida.
Farmonga koʻra, qoidabuzarlar javobgarlikka tortiladi.
Uzbeksko-afganskaya granitsa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.11.2021
Iqtisod
Toliblar Oʻzbekiston savdo-sotigʻiga xalaqit beryaptimi?
Taʼkidlanishicha, xorijiy valyutaning qoʻllanishi iqtisodiyotga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bunday yoʻqotishlar mamlakatning har bir kishisiga oʻz taʼsirini koʻrsatadi.
Avvalroq Tolo News telekanali Afgʻoniston markaziy banki AQSH dollarini tejash maqsadida xorijdan pul oʻtkazmalarini faqat milliy valyutada berish toʻgʻrisidagi farmonni qabul qilgani haqida xabar bergandi.

Toliblarning Afgʻoniston hukumatini egallab olishi

Avgust oyi oʻrtalarida "Tolibon"* aʼzolari mamlakat poytaxti Kobulga bostirib kirib, prezident saroyini egallab olishdi.
31 avgustga oʻtar kechasi AQSH harbiylari Kobul aeroportini batamom tark etishdi va bu bilan Afgʻonistondagi qariyb 20 yillik amerika kampaniyasi oʻz yakuniga yetdi.
Jangarilar Afgʻonistonning muvaqqat hukumati tarkibini eʼlon qildi.
Muvaqqat hukumatni "Tolibon"* birinchi bor hukumat tepasiga kelganida TIV rahbari kursisini egallagan va hozirga qadar BMT sanktsiyalari ostida qolib kelayotgan Muhammad Hasan Oxund boshqarishi maʼlum boʻldi.
* Rossiyada va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala