Sport

Oʻzbekistonda ilk bor regbi chempionati oʻtkazilmoqda

© NOKPervыy chempionat po regbi v Uzbekistane
Pervыy chempionat po regbi v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.11.2021
Milliy universitet stadionida ilk bor regbi boʻyicha respublika chempionati boʻlib oʻtmoqda. Unda oʻndan ortiq 16ta erkaklar va ayollar jamoalari ishtirok etmoqda.
TOSHKENT, 4 noya - Sputnik. Oʻzbekistonda ilk bor regbi-7 sport turi boʻyicha OTM talabalari orasida respublika chempionati oʻtkazilmoqda, deb xabar qilmoqda MOQ.
Milliy universitetining bosh stadionida boʻlib oʻtishi rejalashtirilayotgan musobaqada 12 ta ayollar va 16ta erkaklar jamoalari ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Regbi-7 boʻyicha birinchi Oʻzbekiston chempionati musobaqalari 4-5 noyabr kunlari ayollar, 6-7 noyabrda esa erkaklar oʻrtasida boʻlib oʻtadi.
MOQ xabarida aytiishiga koʻar, ushbu musobaqalar yoshlar orasida regbi sportini yanada ommalashtirish, talabalar orasidan terma jamoaga munosaib sportchilarni saralab olish imkonini beradi.
Regbi-7 (Rugby sevens) — XIX asr oxirida Shotlandiyada paydo boʻlgan sportning jamoaviy turidir. Oʻyinda har biri 7 futbolchidan iborat ikki jamoa ishtirok etadi. Sportchilar vazifasi toʻpni raqibning ichki hududiga olib borish. Regbi sporti sportchilarning bir-biri bilan kontakt qilish (toʻqnashish, itarish, toʻxtatib qolish) imkoniyatini nazarda tutadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala