Jamiyat

Oʻzbekistonda OTMlar reytingi eʼlon qilindi

Oʻzbekistonning 62ta oliy taʼlim muassasasi faoliyati 2020 yil yakunlariga koʻra 20dan ortiq indikatorlar boʻyicha baholandi.
TOSHKENT, 4 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Oliy taʼlim muassasalarining milliy reytingi eʼlon qilindi. Bu haqida Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi matbuot anjumanida maʼlum boʻldi.
Reytingning yuqori oʻrinlarida
1.
Toshkent irrigatsiya va qishloq XMMI
2.
Oʻzbekiston milliy universiteti
3.
Toshkent tibbiyot akademiyasi
4.
Samarqand davlat universiteti
5.
Toshkent moliya instituti
6.
Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti
7.
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi
8.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
9.
Navoiy davlat konchilik instituti
10.
Buxoro davlat tibbiyot instituti
Reytingni hisoblashda OTMlarning qator koʻrsatgichlari hisobga olingan. Xususan, Inspektsiya tomonidan quyidagi 4ta yoʻnalishda 20dan oritq indikatorlar hisobga olingan: (1) Ilmiy tadqiqot faoliyati, taʼlim-fan va ishlab chiqarish integratsyasi, (2) Oʻquv-metodik faoliyat va oʻqitish sifati, (3) Talabalar bilimi, bitiruvichlar sifati, (4) Sportni rivojlantirish.
© Taʼlim nazorati inspektsiyasiOTMlar reytingi 2021
OTMlar reytingi 2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.11.2021
OTMlar reytingi 2021
Soʻnggi oʻrinlarda esa Fargʻona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Navoiy davlat pedagogika instituti, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti, Nukus davlat pedagogika instituti, Qoʻqon davlat pedagogika institutlari oʻrin olgan.
2020 yil yakunlariga koʻra tuzilgan OTMlar reytingida jami 62ta oliygoh faoliyatiga baho berilgan. Inspektsiya qayd etishiga koʻra oʻtshgan yili ushbu reytingda 57ta OTM ishtirok etgan edi.
Taʼlim nazorati inspektsiyasi tomonidan oʻtkazilgan soʻrovga koʻra, bugungi kunda oʻzbekistonlik ish beruvchilarning yarmi yosh mutaxasissislarning bilim darajasidan, OTMlarning ish beruvchilar bilan hamkorlik darajasidan qoniqmaydi. Inspektsiya tomonidan oʻtkazilgan soʻrovda 26 476 nafar respondent ishtirok etgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala