Iqtisod

Oʻzbekistondan vino eksporti uch baravar oshdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVina Uzbekistana na Mejdunarodnoy vыstavke "Uzbekistan na Shelkovom puti"
Vina Uzbekistana na Mejdunarodnoy vыstavke Uzbekistan na Shelkovom puti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.11.2021
Oʻzbekistonda vinochilikni rivojlantirishga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Oʻtgan yilda vino eksporti salkam 39 mln. dollarni tashkil qildi.
TOSHKENT, 4 noya - Sputnik. Joriy yilning
TOSHKENT, 4 noya - Sputnik. Ushbu yilning 9 oyida Oʻzbekiston vino mahsulotlari eksporti oshdi, deb xabar qilmoqda Senat matbuot xizmati.

"Joriy yilning 9 oyi davomida eksport hajmini oshirish va geografiyasini kengaytirish maqsadida 38,8 mln dollarlik mahsulot eksport qilingan", - deb xaar qilindi Senatning bugun boʻlib oʻtgan Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasining yigʻilishida.

Statistika qoʻmitasi xabariga koʻra, oʻtgan 2020 yilning 8 oyida Oʻzbekiston vino va vino mahsulotlari eksporti 12 mln. dollar atrofida boʻlgan
Aytish joizki, soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda vinochilikni rivojlantirishga hukumat tomonidan jiddiy eʼtibor qaratilmoqda. Xususan, 10 700 gektar maydonda yangi sanoatbop tokzorlar barpo etilgan.
Shuningdek, vinochilikni rivojlantirish agentligiga 2020 yilda 33,4 mlrd soʻm, 2021 yilning 9 oyida - 9 mlrd soʻm subsidiya mablagʻi ajratilgan.
Oʻzbek milliy brendi yaratish boʻyicha 110 ta tovar belgisi va mahsulot milliy nomlari patentlangan hamda 8 xil meva-rezavorlardan tayyorlangan vino mahsulotlari ishlab chiqarilishi yoʻlga qoʻyilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala