Analitika

COVID-19ni yengishda oʻzbekcha kurash sirlari – epidemiologlar bilan eksklyuziv intervyu

© Foto iz arxiva Dilmuroda Mirzabayeva Uzbekskiye epidemiologi Dilmurod Sabirovich Mirzabayev i Marufjon Madaminov

Uzbekskiye epidemiologi Dilmurod Sabirovich Mirzabayev i Marufjon Madaminov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.11.2021
Oʻzbekistonlik yetakchi epidemiologlar respublikada COVID-19ga qarshi kurash uslublari va natijalari haqida batafsil hikoya qilib berishdi.
TOSHKENT, 4 noya - Sputnik. Oʻzbekistonda 3 noyabr kuni koronavirusga chalinish holatlar soni 272tani tashkil qildi. Bu iyun oyidan buyon qayd etilgan eng past natija boʻldi.
Rossiya va dunyoning aksariyat mamlakatlarda kornavirus kun sayin yangi salbiy “rekordlar” qayd etayotgan bir paytda oʻzbekistonlik shifokorlarning ushbu natijasini shubhasiz muvaffaqiyat deyish mumkin.
Ana shunday ijobiy yangiliklar kelib turgan kunda Sputnik muxbiri Anna Cherkasova oʻzbkistonlik epidemiologlar - tibbiyot fanlar nomzodi, Vabo kasalligi profilaktika markazi direktori oʻrinbosari Dilmurod Mirzabayev va ushbu markaz laboratoriyasi rahbari Marufjon Madaminov bilan videoaloqa orqali bogʻlanib ularning muvvaffaqiyat sirlarini bilan qiziqdi.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda jami kasallanganlar soni 187 mingga yaqin. Kunlik kasallanish holatlari ham juda kam. Bu soʻzsiz bizning shifokorlarimizni ham, hukumatimizni ham quvontirmoqda. Menimcha kasallar soni kamayishi – bevosita vaktsinalash jarayoni bilan bogʻliq, - deydi Marzabayev.
- Vaktsinalash jarayoni qanday ketmoqda? Odamlar qanchalik xayrixoxlik bilan emlanishga rozi boʻlmoqda? Men eshitishimcha yoz oylarida vaktsina olishga qarshi boʻlganlar ham koʻp boʻlgan ekan?
Vatsinalashga bunday munosabat nafaqat Oʻzbekistonda, balkim butun dunyoda kuzatilgan holat boʻldi. Oʻzingiz bilasiz Rossiyada ham vaktsinaga ishonmaganlar soni juda koʻp boʻldi. AQSH va ayri xorijiy mamlakatlarda ommaviy vaktsinalashga qarshi kampaniyalar boʻldi va hozirgacha davom etmoqda.
Bizda ham boshida koʻpchillik vaktsinaga ishonmagan edi. Ular orasida hatto shifokorlar ham borligi vaktsinaga qarshi boʻlganlar sonini oshirdi. Buning oqibatida kasallanish holatlari koʻpayishi ham kuzatilgan edi. Lekin hozir vaktsinalash jarayoni iziga tushib oldi desak boʻladi.
Buning uchun birinchi navbatda aholini ishonchli axborot bilan taʼminlashni yoʻlga qoʻydik. Oʻzbekistonda AOKAda axborot markazi bor. Bizning mutaxasisslar epidemiologlar u yerda tez tez OAV vakillari bilan uchrashib turishadi. Menimcha bugungi kunga kelib aholi biz tomonga yuzi bilan oʻgirilmoqda.

Bugun biz pandemiya vaqtida aholini vaktsinalash haqida axborot bilan taʼminlash qanchalik muhim ekanini tushundik, - deydi Marufjon Madaminov

Iyul oyida, koronavirusnng yangi toʻlqini boshlanib, kasallar soni koʻpaya boshlaganda, biz kovid-markazlarida kasallar qanday azob chekayotganini koʻrsatishga qaror qildik. Ana shu reportajlar ham fuqarolarni vaktsina olishga undagan yana bir kuchli turtki boʻldi.
Bugunga kelib aholi orasida kam sonli vaktsinaga qarshilar saqlanib qolgan, lekin umumiy emlanish surʼati yaxshi. Aholining kamida 63-64% kamida vaktsinaning bir komponentini olgan. Aholi orasida immunitet sekin-asta shakllanib bormoqda.
Kasallik eng koʻp qayd etilayotgan hududlar bu - Toshkent va Samarqand shaharlaridir. Bu yerda aholi zich yashash bilan birga, emlanganishga qarshi boʻlgan "aqllilar" soni ham ancha koʻp. Toshkentda mlanganlar soni nisbatan kam - 48%. Yaʼni biz yangi kasallar soni vaktsinalanganlar soni orasida aniq korrelyatsiya (bogʻliqlik) mavjudligini kuzatmoqdamiz.
Vaktsina olishga ishontirish yoʻllari topildi
Biz aholiga axborot yetkazishning yana bir ishonchli yoʻlini topdik. Aholimizning aksariyati musulmon boʻlgani sababli, ular haftada bir marotaba juma namoziga borishadi. Biz ulamolarni kerakli maʼlumotlar bilan taʼminlab turibmiz va ular ham juma namozlarida aholiga vaktsina olish joizligini tushuntirib kelishmoqda. Bunday axborot tarqatish natijasida butun boshli oilalar vaktsina olishga kelmoqda.
Ikkinchidan, shartnoma asosida oʻqiydigan talablar vaktsina olgan taqdirda 10% chegirma berilmoqda. Bugun ushbu imtiyozdan juda koʻp talabalar foydalanmoqda.
- Oʻzbekistonda aholi qaysi vaktsinani olishga koʻproq qiziqmoqda? Oʻzbek-xitoy vaktsinasining samaradorligi qanday?
Bugungi kunda Respublikada oltita vaktsina qoʻllanilmoqda: ZF-UZ-VAC 2001, "Sputnik V", AstraZeneca, Moderna, Pfizer/BioNTech, CoronaVac (Xitoy). Fuqarolar oʻzlari ishongan vaktsinani tanlab olishlari mumkin. Ularda ikkitasi Oʻzbekistonning oʻzida ham ishlab chiqarilmoqda.
ZF-UZ-VAC 2001- oʻzbek-xitoy vaktsinasi uch dozadan iborat, rekombinant uslubda tayyorlangan vaktsina hisoblanadi. Yaʼni, uning tarkibida koronavirus genetik daraxtining ayrim “shoxlari” olingan xolos. Boshqa ballastlar yoʻq. Shu sababli u odam organizmini juda yumshoq taʼsir qiladi.
Boshqa vaktsinalarga nisbatan, salbiy taʼsiri juda kam. Biz shuncha vaqtdan buyon qoʻllayotgan boʻlsak, uning ogʻir oqibatlarga olib kelishi tugul, kuchli reaktsiya berish holatlarini berganini ham kuzatmadik.
Bu yangi turdagi vaktsina boʻlib, biz bunday vaktsinalar ustuvorliklarini pandemiyadan ancha oldin sinab koʻrishga ulgurgan edik. Xususan, 2001 yilda Oʻzbekistonda V-geppatitiga (sariq kasal) qarshi ommaviy emlashda sinab koʻrishga ulgurgan edik. Biz 2001 yilda milliy emlash kalendariga ushbu vaktsinani kiritgan boʻlsak, hozirgi kunga kelib oʻsha vaqtda emlangan bolalar orasida birorta ham V-geppatitiga chalinish holatlari uchragani yoʻq.
Biz koronavirusga qarshi qoʻllayotgan vaktsinamiz ham xuddi shunga oʻxshash. Ushbu texnologiya asosida tayyorlangan. Ushbu vaktsinani Oʻzbekistonda ishlab chiqarish boshlangani – bizni quvontiradigan yana bir fakt boʻldi.
“Sputnik V” – Oʻzbekistonda juda katta obroʻyga ega. Odamlar uni “oʻzimizning vaktsina” deb hisoblaydi. Chunki bir vaqtlar biz bitta davlat boʻlganimiz hali koʻpchillikning esidan chiqqani yoʻq. Oʻzbekistonga olib kelinganidan soʻng koʻpchillik uni olishga shoshildi.
“Sputnik V” - umuman juda yaxshi, sifatli, yuqori samarali vaktsina. Emalanganlar orasida kasallar uchrab turadi, lekin juda yengil yoki oʻrtacha koʻrinishdi.
Zangiotada tashkil qilingan maxsus klinikamizga olib kelingan kasallarning 98% vaktsina olmaganlar, 2 % vaktsina olganlar boʻlib chiqdi. Lekin emlanganlarda kasallik juda yengil kechdi.
Mening oʻzim ham emlanganimdan soʻng kasal boʻldim va kasallik yoshim va boshqa kasalliklarimni hisobga olgan holda oʻrtacha oʻtdi.
- Qayta vaktsinalash haqida nima deysiz?
- Bizda hozir dastlabki emlanganlarga buster vaktsina qilish vaqti yaqinlashib kelmoqda, lekin biz bu jarayonni hali boshlamadik. Chunki biz bu borada JSST tavsiyalarini kutmoqdamiz.
Maʼlumki, JSST hozircha hech kimga qayta vaktsinalashni tavsiya etgani yoʻq. Sabab – dunyoning barcha mamlakatlari hozircha yetarlicha asosiy vaktsina olgani yoʻq. Ehtimol bunga keyinroq tuxsat berilar.
Bizda hozir bolalarni 12 yoshdan vaktsinatsiya qilish boshlangan. Shu kunga qadar bizda 215 mingga yaqin bola emlangan. Bu jarayon ixtiyoriy boʻlib, bolani emlash yoki emlamaslik haqidagi qarorni ota-onalar qabul qilishadi.
- Iqlimning koronavirusga qarshi immunitetga taʼsir kuzatildimi?
- Biz boshida issiq klimat bizni virusdan himoya qilishga yordam beradi deb umid qilgan edik. Mening oʻzim ham yozda kasallik kamayishiga ishongan edim, lekin iqlim sharoitlari kasallik tarqalishiga sezilarli taʼsir qilmasligiga amin boʻldik.
Menimcha bizning urf-odatlarimiz ham biroz yordam berdi. Masalan, musulmonlar kuniga 5 marotaba namoz oʻqiydi va har safar namozdan oldin tahorat qiladi. Tahorat – bu shaxsiy gigiyena degani.
Yana bir sabab, bizda shimoliy mamlakatlarga qaraganda vitaminga boy, sifatli mevalar ham koʻp. Balkim bu ham biroz yordam bergan boʻlsa ajab emas.
- Xulosa qilib aytganda, COVID-19ga qarshi kurashda Oʻzbekistonning asosiy muvaffaqiyatlari nimada?
- Birinchi navbatda, Oʻzebkiston hukumati, pandemiyaning eng boshidan mutaxassislarga quloq solib, kovid va karantin markazlari tashkil qildi. Xorijdan kelayotgan fuqarolar karantinga joylashtirildi. Bu dori va vaktsinalar boʻlmagan vaqtda kasallik keng tarqalishini oldini oldi.
Ikkinchidan, biz pandemi vaqtida aholini sifatli va ishonchli axborot bilan taʼminlash qanchalik muhim ekanini tushundik. SanEpidem xizmatimiz rahbari Nurmat Atabekov nafaqat oʻz sohasining mutaxassisi, balkim juda yaxshi orator ham boʻlib chiqdi. Hozirgi kunda aholi internetdagi har xil manbaalarga emas - mutaxassislar gapiga ishonishga oʻrgangan.
Uchinchidan, aholini vaktsinalashga undashning turli yoʻllarini topish. Masalan imom-xatiblar orqali, talabalarga chegirma berish orqali va ho kazo.
Yana bir masala – bu dunyoda vaktsinalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar juda siyosatlashganini qayd etish mumkin. Masalan JSST nima sababdan shu kunga qadar koʻplab mamlakatlarda oʻz samaradorligini tasdiqlagan “Sputnik V” vaktsinasini tan olmayapti? Menimcha biologiyani siyosatdan ajratish kerak, - dedi mutaxassis.
Bu borada Oʻzbekiston va Rossiya orasida yoʻlga qoʻyilgan hamkorlikni samarali deb atash mumkin. Oʻzbekistonda “Sputnik V” vaktsinasini ishlab chiqarish bilan bir vaqtda Rossiya tibbiy yoʻnalishdagi ilmiy institutlari bilan samarali hamkorlik yoʻlga qoʻyilgan.
Yaqin vaqt ichida Oʻzbekistonlik epidemiologlar Moskvagadagi Gamaleya nomidagi Milliy Epidemiologiya markaziga tashrif buyurishi kutilmoqda.
Intervyuning toʻliq shakli bilan Sputnikning Youtube kanalida tanishing.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala