Iqtisod

Rossiya MO elektr tarmoqlari rivojlanishini kuzatib boradi

© Sputnik / Ilya Naymushin / Fotobankka oʻtishLinii elektroperedachi
Linii elektroperedachi - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.11.2021
Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikston aʼzo boʻlgan Kengashning asosiy vazifasi - Markaziy Osiyoda elektr energiyasi ishlab chiqishni muvofiqlashtirishdir.
TOSHKENT, 4 noya – Sputnik. Rossiyaning Yagona energetika tizimi operatori (SO YEES) Markaziy Osiyo Elektr energiyasi kengashida (MO EEK) kuzatvuvchi maqomini oldi, deb xabar qilmoqda "Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari" AJ.
Xabarda aytilishiga koʻra, Rossiya operatoriga MO EEKda kuzatuvchi maqomini berish oktyabr oxirida Bishkekda boʻlib oʻtgan majlisda qabul qilingan.
MO EEK - maslahailashuvchi organ boʻlib, u 2003 yilda Qozogʻiston tashabbusi bilan tashkil qilingan. Unga Qozogʻiston, Oʻzbekiston, Qirgʻiziston, Tojikston aʼzo boʻlishgan. Kengashning asosiy vazifasi - Markaziy Osiyoda elektr energiyasi ishlab chiqishni rivojlantirshni muvofiqlashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqishdir.
Ushbu yilning avgust oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev MO davlatlari rahbarlarining uchinchi maslahatlashuvlari davomida MO EEK doirasida hamkorlikni faollashtirish va Kengash maqomini oshirishga chaqirgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala