Migratsiya

Rossiyaga ishga taklif qilinayotganlar maoshi necha puldan boshlanishi maʼlum boʻldi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaKak proxodit sobesedovaniye dlya rabotы v RF
Kak proxodit sobesedovaniye dlya rabotы v RF - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.11.2021
Rossiyaning yirik qurilish kompaniyalari 60ta qurilish mutaxassisliklari boʻyicha Oʻzbekistondan 10 ming nafar quruvchilar yollashni rejalashtirgan.
TOSHKENT, 4 noya - Sputnik. Oʻzbekistondan tashkillashtirilgan tartibda Rossiyaga ishga jalb qilinayotgan fuqarolar maoshi necha puldan boshlanishi maʼlum boʻldi.
"Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanadi. Fuqarolarga qurilish sohasining 60 dan ortiq yoʻnalishlari boʻyicha ishlar taklif etiladi.", - deyilgan Tashqi mehnat migratsiya agentligi xabarida.
Mehnat migrantlariga Rossiyaning Moskva, Sankt-Peterburg shaharlari, Amur, Novosibirsk, Kaluga, Tula, Murmansk, Kaliningrad, Moskva viloyatlari hamda Krasnodar oʻlkasida joylashgan "salohiyatli ish beruvchilari" tomonidan 10 mingta vakansiyalar taklif qilinayotgani aytib oʻtilgan.
Shuningdek, fuqarolar nomiga Rossiya Federatsiyasida ishlash huquqini beruvchi patent Oʻzbekistonda rasmiylashtirilishi ham alohida qayd etilgan.
Undan tashqari, kerak boʻlsa nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish taʼminlanishi ham aytib oʻtilgan.
Eslatib oʻtamiz, Rossiya qurilish vazirligi RFning bir qator yirik milliy loyihalarida ishlash uchun Oʻzbekistondan 10 ming nafar quruvchilarni tashkillashtirilgan tartibda yollashni rejalashtirgan. ushbu maqsadda Toshkent shahriga 40 nafar rossiyalik shiforlar, IIV vakillari yuborilgan edi. Ular boʻlajak mehnat migrantlariga patentni Oʻzbekistonda rasmiylashtirish uchun kerak boʻladigan jarayonlar: tibbiy koʻrikdan oʻtish, daktiloskopiya, IIV bazasida tekshirish kabi jarayonlarni amalga oshirishda yordam berishlari kerak.
Rabochiye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.10.2021
Migratsiya
Rossiyaga 10 ming kishi ishga taklif qilinmoqda - patent Oʻzbekistonda rasmiylashtiriladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala