Jamiyat

Chang boʻroni qayerdan kelgani maʼlum boʻldi

© SputnikPыlnaya burya v Uzbekistane
Pыlnaya burya v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.11.2021
Yogʻingarchilik kutilmayotgani sababli, Toshkentda havodagi yuqori chang miqdori yana bir necha kun saqlanib qolishi mumkin - Oʻzgidromet.
TOSHKENT, 5 noya - Sputnik. Toshkentda 4-5 noyabr kunlari kuzatilgan chang va qum boʻroni - bu yerda soʻnggi 150 yil davomida olib borilgan ob-havo kuzatuvlari tarixida qayd etilmagan, deb xabar qildi "Oʻzgidromet" matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga koʻra, 4 noyabr kuni, Rossiyaning Ural togʻlari va Volgaboʻyida shakllangan sovuq havo oqimlari Janubiy Qozogʻiston choʻl hududlaridan yerning ustki qatlamini havoga koʻtarib chang bulutlari hosil qilgan.

Ushbu chang bulutlari kuchli shamol bilan birgalikda Oʻzbekistonning Sirdaryo va Toshkent viloyatlari hududlariga 4 noyabr kuni kun kechida kirib kelgan.
"Oʻzgidromet"ning Toshkent shahrida joylashgan havo sifatini tekshiruvchi avtomatik kuzatuv postlari soat 18:21da havodagi chang miqdori ruxsat etilgan meʼyordan 5 barabarga, soat 21:00 va 23:00 orasida 30 barobargacha koʻtarilishi qayd etildi.
Soat 23:00 dan boshlab havo tarkibidagi chang miqdori pasayishi kuzatilgan va hozirga qadar chang miqdori ruxsat etilgan meʼyoridan 10 barobar yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
Oʻzgidromet prognoziga koʻra, yaqin kunlar ichida (ayrim xulosalarga koʻra 12 noyabrga qadar) Toshkent hududida yogʻingarchilik kutilmayotgani bois, havoda yuqori chang miqdori yuqori darajada saqlanib qolinishi kutilmoqda.
© SputnikPыlnaya burya v Uzbekistane
Pыlnaya burya v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.11.2021
Pыlnaya burya v Uzbekistane
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala