Chang bo‘roni tufayli "Tez yordamga" qo‘ng‘roqlar soni oshdi – SSV

© Sputnik / StringerMashina skoroy pomoshi
Mashina skoroy pomoshi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2021
Obuna bo‘lish
Chang bo‘roni vaqtida, aholi orasida nafas siqilishi muammolari his qilganlar soni oshgan va "Tez yordam" xizmatiga 678ta ana shunday bemor murojaat qilgan.
TOShKENT, 5 noya – Sputnik. So‘nggi 2 kun davomida O‘zbekistonning ayrim hududlarida kuzatilayotgan chang bo‘ronlari tufayli “Tez yordam” xozmatiga bo‘layotgan qo‘ng‘iroqlar soni oshganini ma’lum qildi.
Xususan, 3-noyabr kuni “Tez yordam” xizmatiga bo‘lgan jami chaqiriqlar soni 3433 tani tashkil etgan bo‘lsa, Kecha esa bu ko‘rsatkich 4082 taga yetdi. Shundan 678 tasi bevosita nafas siqishi bilan bog‘liq murojaatlardir, dedi Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokori Doniyor Bo‘ribayev.
Tibbiy ko‘rik va birlamchi yordamdan so‘ng bemorlarning ayrimlari shifoxonalarga yotqizilgan.
O‘zbekistonda davom etayotgan chang bo‘ronli ob-havo tufayli, SSV aholi zarurat tug‘ilganda "103" xizmatiga murojaat qilib, sifatli tibbiy yordam olishlari mumkinligini aytib o‘tdi.
Shuningdek, SSV allergiyasi va astma kasalligi bor fuqarolarga ushbu ob-havo sharoitida ayniqsa ehtiyot bo‘lishni tavsiya qilgan edi. Undan tashqari fuqarolarga zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslik va har doir himoya niqobi taqib yurish tavsiya etilgan.
Eslatib o‘tamiz, 4-5 noyabr kunlari O‘zbekistonda mavsumga xos bo‘lmagan chang-qumli bo‘ron hodisalari kuzatilganedi. Gidrometerologiya xizmati xabariga ko‘ra, kuchli shamollar tufayli oqibatida tuproqning juda quruq ustki qatlami ko‘tarilib, atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan meyordan 5 barobar oshdi. Shamol tezligi Toshkent shahrida 5-10m/s, boshqa joylarida esa 7-12m/sgacha yetgan.
Situatsiya v Kazaxstane v svazi s koronavirusom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.11.2021
Allergiya va astmasi borlar ko‘chaga chiqmasligi kerak - SSV
Yangiliklar lentasi
0