Siyosat

Inauguratsiya qanday marosim?

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTorjestvennыy vыnos simvolov Respubliki Uzbekistan na tseremonii inauguratsii
Torjestvennыy vыnos simvolov Respubliki Uzbekistan na tseremonii inauguratsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.11.2021
Prezident qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga kirishgan hisoblanadi.
Inauguratsiya — davlat boshligʻining shu oliy lavozimini bajarishga kirishishi munosabati bilan oʻtkaziladigan tantanali marosim.
Oʻzbekiston Konstitutsiyasining 92-moddasiga muvofiq, prezident respublika Oliy Majlisi yigʻilishida quyidagi qasamyodni qabul qilgan paytdan boshlab oʻz lavozimiga kirishgan hisoblanadi.
Oʻzbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qatʼiy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamyod qilaman.
Saylov kodeksining 65-moddasiga asosan, Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Markaziy saylov komissiyasi tomonidan prezident saylovi natijalari rasmiy ravishda eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kechi bilan ikki oy ichida mamlakat Oliy Majlisi palatalarining qoʻshma majlisida qasamyod qilgan paytdan eʼtiboran oʻz lavozimiga kirishadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala