Jamiyat

Qaysi viloyatda qanday daraxt ekish kerak - Ekologiya qoʻmitasi

© GoskomekologiiPosadka sajentsev v Uzbekistane
Posadka sajentsev v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.11.2021
Oʻzbekistonda 2 noyabrdan 10 dekabrga qadar daraxt ekish boʻyicha “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilingan. Ushbu vaqt mobaynida viloyatlarda bir necha million tup koʻchatlar ekish rejalashtirilgan.
TOSHKENT, 5 noya – Sputnik. Oʻzbekistonning turli hududlarida ekish uchun iqlim sharoitiga mos daraxtlar tanlab olinadi, deb xabar qildi Ekologiya qoʻmitasi.
Xususan, Qoraqalpogʻiston hududiga katalpa, pavlovniya, yapon saforasi, qayragʻoch, tut va akatsiya daratlari ekiladi. Jizzax, Namangan, Samarqand, Fargʻona va Toshkentda chinor, eman, zarang va boshqa daraxtlar ekiladi.

Mutaxassislar Oʻzbekiston hududlarida ekish uchun 27 turdagi daraxt koʻchatlari taklif etilmoqda. Jumladan kashtan, oqqayin, eman, yapon saforasi, shumtol, qayragʻoch, pavloniya, terak, akatsiya, chinor, tut, jiyda, yongʻoq, behi, uzum, qrim qaragʻayi va virgin archasi bizning mintaqamiz uchun mosdir, - deyilgan xabarda.

Koʻchat tanlashda har bir viloyatning iqlimi va tuproq tarkibi inobatga olinadi. Qaysi nihol unib ketishiga jiddiy eʼtibor qaratildi.
Shuningdek, shahar va tuman hokimliklari tomonidan ekilgan har bir tup daraxt uchun maʼsul shaxs belgilanadi. Ular daraxtlarni parvarishlash bilan birga, ushbu hududni obod saqlashga ham javob beradi.
© GoskomekologiiPosadka sajentsev v Uzbekistane
Posadka sajentsev v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.11.2021
Posadka sajentsev v Uzbekistane
Undan tashqari, Davlat ekologiya qoʻmitasining daraxt2020.uz elektron platformasi barcha viloyatlarda tashkil etilayotgan "Yashil makon" umummiliy loyihasini amalga oshirish shtabi bilan integratsiya qilinadi. Yaʼni, ekilayotgan daraxtlar hisobi onlayn tarzda yuritilib, shaffoflik taʼminlanadi.
Eslatib oʻtamiz, bir necha kun oldin Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Yashil makon" umummilliy loyihasini amalga oshirish tashabbusi bilan chiqqan edi. Prezident bayonotida aytilishiga koʻra “oʻtgan yillarda "qogʻozda" ekilgan daraxtlarni hisoblasa, Oʻzbekistonda boʻsh joy qolmasligi kerak edi. Tizim, qarov boʻlmagani uchun ekilganining ham koʻpi qurib ketdi” degan edi Shavkat Mirziyoyev.
© GoskomekologiiPosadka sajentsev v Uzbekistane
Posadka sajentsev v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.11.2021
Posadka sajentsev v Uzbekistane
Maʼlumot uchun, prezident Shavkat Mirziyoyevning “Yashil makon” tashabbusi doirasida Oʻzbekistonda 2 noyabrdan 10 dekabrga qadar daraxt ekish boʻyicha “Dolzarb 40 kunlik” eʼlon qilingan.
Prezident tashabbusi doirasida Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent viloyatida – 16 million tupdan, Andijon, Buxoro, Namangan, Fargʻonada – 15 million tupdan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Navoiy, Sirdaryo, Xorazmda – 14 million tupdan koʻchat ekish rejalashtirilgan.
© GoskomekologiiPosadka sajentsev v Uzbekistane
Posadka sajentsev v Uzbekistane - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.11.2021
Posadka sajentsev v Uzbekistane
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala