Siyosat

Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi 6 noyabr kuni boʻlib oʻtadi

© IA "Jaxon"Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.11.2021
Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi 6 noyabr kuni soat 11:00 da Oliy Majlisning qoʻshma majlisida boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 5 noya - Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasining yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiyasi 6 noyabr kuni Oliy Majlisning yangi majlislar zalida boʻlib oʻtadi. Bu haqida parlamentning maxsus bayonotida aytib oʻtilgan.
"Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining Oʻzbekiston Respublikasi saylangan Prezidentining lavozimiga kirishishiga bagʻishlangan qoʻshma majlisi 2021 yil 6 noyabr kuni soat 11:00 da Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yangidan barpo etilgan katta majlislar zalida boʻlib oʻtadi", - deyilgan xabarda.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston saylov qonunchiligiga asosan, yangi prezident parlament oldida qasamyod qilganidan soʻng prezidentlik lavozimiga kirishishadi.
Eslatib oʻtamiz, 24 oktyabr kuni boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston prezidenti saylovida jami 16 212 343 nafar saylovchi ishtirok etgan, shundan 12 988 964 nafari Shavkat Mirziyoyev uchun ovoz bergan. Markaziy Saylov komissiyasi Shavkat Mirziyoyevni 80,12% ovoz bilan Oʻzbekistonning besh yil muddatga saylangan prezidenti deb eʼlon qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala