Jamiyat

Toshkentning ayrim hududlarida bir necha soatga ichimlik suvi oʻchdi

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Fotobankka oʻtishKuxonnыy kran.
Kuxonnыy kran. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.11.2021
Texnik nosozlik sabab Toshkenning baʼzi hududlarida sovuq suv taʼminotida bir necha soatlik uzilishlar boʻlishi mumkin.
TOSHKENT, 5 noya - Sputnik. Toshkent shahrining ayrim hududlarida sovuq suv taʼminotida uzilishlar kuzatilmoqda, deb xabar qilmoqda "Toshkent shahar suv taʼminoti".
"Poytaxt aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan taʼminlovchi “Qodiriya” bosh suv inshootida yuqori kuchlanishli elektr taʼminotida nosozlik sababli nasos agregatlarida oʻchish holati yuzaga keldi. Shu tufayli Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik suv taʼminoti bilan bogʻliq uzilishlar kuzatilmoqda", - deyilgan xabarda
Ayni damda elektr taʼminoti qayta tiklanan va ichimlik suv gidravlik rejimini tiklash boʻyicha tezkor choralar koʻrilmoqda. 2-3 soatda Toshkent shahri suv taʼminoti oʻz maromiga qaytadi. Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr soʻraymiz.
"Oʻzsuvtaʼminot"dan olingan soʻnggi xabarga koʻra, "Toshkent shahridagi suv taʼminoti soat 18:00 ga qadar bosqichma bosqich tiklanadi".
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala