Iqtisod

Tumanlarda tadbirkorga yordam beruvchi yana bir tuzilma paydo boʻladi - prezident

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev - v rayonax sozdadut "proyektnыe gruppы"
Shavkat Mirziyoyev - v rayonax sozdadut proyektnыe gruppы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.11.2021
“Tuman loyiha guruhlari” va xolding kompaniyalari - tadbirkorlarga gʻoyadan boshlab, investorlarni jalb qilish va loyihalarni ishlashigacha yordam berishga masʼul boʻladi.
TOSHKENT, 5 noya - Sputnik. Oʻzbekiston har bir tumanida investitsion loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlarga yordam beruvchi yangi tuzilma - “tuman loyiha guruhlari” va xolding kompaniyalari tashkil etiladi. Bu haqida 4 noyabr kuni prezident huzurida boʻlib oʻtgan majlisda maʼlum boʻldi.

- Ushbu yangi tuzilmalar tadbirkorlarning biznes hamkoriga aylanadi. Ular tadbirkorlarning yonida turib, gʻoyadan boshlab, investorlarni jalb qilish va loyihalarni toʻliq quvvatda ishlashigacha har kuni yordam berishga masʼul boʻladi, - deyilgan xabarda.

Ushbu guruhlar tuzishga soʻnggi yilllarda foydalanishga topshirilgan investitsion loyihalarning turli muammolar sababli samarasiz ishlayotgani sabab boʻlgan. Xususan, foydalanishga topshirilgan 442 ta loyiha past quvvatda ishlayotgani maʼlum boʻlgan. Ularning 238 tasida - xomashyo va bozor topish, 115 tasida - kredit, 35 tasida - infratuzilma bilan bogʻliq muammolarga duch kelgani aniqlangan.
Shuningdek, preziden huzurida boʻlib oʻtgan majlisda qayd etilishiga koʻra, soʻnggi 5 yilda xorijiy investitsiyalar hajmi 3 barobar oʻsgan. 2021 yil boshidan buyon 179 ta yirik va 10 mingta hududiy loyihalar ishga tushirilgan. Ularga 76 trillion soʻm investitsiya yoʻnaltirilgan, 143 mingta ish oʻrni tashkil etilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV rayonax sozdadut "proyektnыe gruppы"
V rayonax sozdadut proyektnыe gruppы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.11.2021
V rayonax sozdadut "proyektnыe gruppы"
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala