Jamiyat

Jurnalist va blogerlar qonun va prezident himoyasida boʻladi

© MinzdravRech Shavkata Mirziyoyeva posle inauguratsii
Rech Shavkata Mirziyoyeva posle inauguratsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.11.2021
Hukumat vakillari tomonidan OAV faoliyatiga toʻsqinlik qilish, tayziq oʻtkazish va kameralarini olib qoʻyish uchun javobgarlik kuchaytiriladi.
TOSHKENT, 6 noya - Sputnik. Shavkat Mirziyoyev lavozimga kirishish rasmiy marosimidan soʻng soʻzlargan nutqida jurnalist va blogerlar himoyasi haqida alohida toʻxtalib oʻtdi.
- Qonuniy faoliyat yuritayotgan barcha jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida boʻladi, deydi Shavkat Mirziyoyev.
- Albatta, bunday ochiqlik va oshkoralik sharoitida ishlash, oʻz faoliyatiga nisbatan bildirilayotgan tanqidiy fikrlarni toʻgʻri qabul qilish eskicha qoliplar bilan yashayotgan ayrim amaldorlarga yoqmasligi ham mumkin. Lekin bundan qatʼi nazar, biz bu yoʻlni davlat siyosatining eng muhim yoʻnalishlaridan biri deb bilamiz va uni izchil davom ettiramiz, - dedi prezident.
Shu maqsadda amaldagi qonunchilikda davlat organlari va tashkilotlarining mansabdor shaxslari tomonidan OAV faoliyatiga toʻsqinlik qilish, tsenzura oʻrnatish, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq oʻtkazish, materiallar va texnik vositalarni ulardan gʻayriqonuniy ravishda olib qoʻyish harakatlari sodir etilgani uchun javobgarlikni kuchaytirish koʻzda tutilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, ayni damda Oliy Majlisning yangi majlislar zalida parlamentning ikki palatasi deputatlari, diplomatik korpus vakillari hamda jurnalist va blogerlar ishtirokida Oʻzbekiston prezidenti inauguratsiyasiga bagʻishlangan majlis boʻlib oʻtmoqda.
Shavkat Mirziyoyev prinyal prisyagu prezidenta - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.11.2021
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala