Jamiyat

Oliy toifali shifokorlar maoshi $1000 boʻladi - prezident

© MinzdravRech Shavkata Mirziyoyeva posle inauguratsii
Rech Shavkata Mirziyoyeva posle inauguratsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.11.2021
Kelgusi besh yilda tibbiyot sohasiga yoʻnaltirilayotgan mablagʻ ikki baravar, shifokorlar maoshi esa ming dollargacha oshiriladi.
TOSHKENT, 6 noya - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyadan keyin soʻzlagan nutqida tibbiyot sohasi va shifokorlar maoshini oshirish haqida gapirdi.
"Kelgusi 5 yilda xalqimiz salomatligini taʼminlash bundan buyon ham bosh vazifa boʻlib qoladi. Ushbu sohaga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar ikki barobar oshirish, jumladan, kelgusi 5 yilda oliy toifali shifokorlar maoshini ekvivalent hisobida ming dollarga yetkazish moʻljallanmoqda", - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston prezidenti oʻz nutqida oliy toifali oʻqituvchilar maoshlarini ham 1000 dollargacha oshirishni vaʼda bergan edi.
Eslatib oʻtamiz, kelgusi 2022 yilgi davlat byudjetida oʻqituvchilar va shifokorlarning maoshlarini oshirish maqsadida 350 milliard soʻm mablagʻ allaqachon ajratilgan. Shavkat Mirziyoyev oldingi chiqishlarida ham, xususan fargʻonalik saylovchilar bilan uchrashuv chogʻida oʻqituvchilarning maoshini 1000 dollarga yetkazmaguncha toʻxtamasligini maʼlum qilgan edi.
Bugun Oliy Majlisda Oʻzbekiston prezidentining inauguratsiya marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Oʻzbekiston parlamentining yuqori va quyi palatalari deputatlari, diplomatik korpus vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala