Jamiyat

Oʻqituvchilar maoshi 1000 dollarga yetkaziladi - Shavkat Mirziyoyev

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishOtkrыtiye novoy shkolы v Novosibirske
Otkrыtiye novoy shkolы v Novosibirske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.11.2021
Qanchalik qiyin boʻlmasin 2025 yilga borib oliy toifali oʻqituvchilar mehnatini munosib ragʻbatlantirish uchun barcha imkoniyat safarbar etiladi dedi prezident.
TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. Oʻzbekiston kelajagini barpo etish uchun ilm va tarbiya kerak. Yoshlarga ilm va tarbiyani berish uchun esa oʻqituvchilar qoʻlida dedi Shavkat Mirziyoyev, inauguratsiyadan keyin soʻzlagan nutqida.
Prezident Oʻzbekiston fidoyi oʻqituvchilar oldida haliyam qarzdor ekanini va kelgusi yillarda imkon qadar ularning maoshi oshirilishini va mehnati munosib ragʻbatlantirilishini alohida aytib oʻtdi.
"2025 yilga borib, oliy toifali oʻqituvchilarning oylik maoshini ekvivalent hisobida 1 ming dollarga yetkazish choralari koʻriladi" - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek prezident bogʻcha tizimini maktab taʼlimi bilan uygʻunlashtirish, orqali bolalarni maktabga tayyorlash sifatini yanada yaxshilash, bogʻchalarni yiliga 2 million nusxadagi zamonaviy oʻquv adabiyotlari bilan taʼminlash, bogʻcha xodimlarining professional tayyorgarligi oshirib borish haqida aytib oʻtdi.
Undan tashqari, maktabgacha taʼlim va oliy taʼlim qamrovini oshirish, maktablarda taʼlim-tarbiya sifatini oshirishga alohida eʼtibor berilishi, talabalarni turar-joy bilan taʼminlash ishlari davom ettirilishi aytib oʻtildi.
Eslatib oʻtamiz, ayni damda Oliy Majlisning yangi majlislar zalida parlamentning ikki palatasi deputatlari, diplomatik korpus vakillari hamda jurnalist va blogerlar ishtirokida Oʻzbekiston prezidenti inauguratsiyasiga bagʻishlangan majlis boʻlib oʻtmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala