Jamiyat

Shavkat Mirziyoyev taraqqiyot strategiyasining yetti yoʻnalishini sanab oʻtdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaInauguratsiya Shavkat Mirziyoyev 2021
Inauguratsiya Shavkat Mirziyoyev 2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.11.2021
Shavkat Mirziyoyev yangi prezidentik davrida Oʻzbekiston rivojlanishning eʼtibor qaratiladigan asosiy yetti yoʻnalishini sanab oʻtdi.
TOSHKENT, 6 noya - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev inauguratsiyadan keyin soʻzlagan nutqida kelgusi besh yil davomida Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasi yetti yoʻnalishini sanab oʻtdi.
1. Erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantiriladi
Ushbu maqsadda davlat funktsiyalarining katta qismi markazdan hududlarga oʻtkaziladi. Har bir mahallada hokim yordamchisi lavozimi joriy etiladi. Tuman byudjetida mahallaning alohida jamgʻarmasi shakllantiriladi. Davlat boshqaruvining markaziy idoralari ixchamlashtiriladi va qisqartiriladi.
– Rahbar xalqqa yuk boʻlmasligi, aksincha, xalqning yukini yelkasiga olishi kerak, – dedi prezident bu borada.
2. Adolat va qonun ustuvorligini mustahkamlanadi
Sudlov tizimi va advokatura instituti, huquq-tartibot organlari faoliyati takomillashtiriladi;
tadbirkor va mulkdorlar huquqlarining himoyasi kuchaytiriladi;
korruptsiyaga barham berishga barcha kuch va vositalar safarbar etiladi;
korruptsiyaning sabablarini oldindan bartaraf etish choralari koʻriladi.
3. Milliy iqtisodiyot rivojlantiriladi
2030 yilga borib, jon boshiga aholi daromadi - dunyo boʻyicha oʻrtachadan yuqori boʻlishi - maqsad qilingan. (taxminan 2500 - 3000$/oyiga). Buning uchun makroiqtisodiy barqarorlik, inflyatsiya darajasini 5 %gacha pasaytirish choralari koʻriladi.
Undan tashqari aholini uy-joy va toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, zamonaviy yoʻl va kommunikatsiya tarmoqlarini barpo etish, jamoat transporti boʻyicha loyihalar amalga oshiriladi.
4. Sifatli taʼlim va aholi salomatligiga eʼtibor beriladi
Shu maqsadda oʻqituvchilarning oylik maoshini izchil oshirib borish va 2025 yilga borib, 1 ming dollar miqdoriga yetkazish koʻzda tutilgan. Yangi maktablar qurish, mavjudlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, Milliy taʼlim dasturi ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Kelgusi besh yilda oliy toifali shifokorlar maoshini ham 1 ming dollar ekvivalentiga yetkazish moʻljallanmoqda. Viloyat, tuman va shaharlarda ixtisoslashgan tibbiy xizmatlar koʻlami kengaytiriladi.
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sogʻlom turmush tarzini qaror toptirish muhim vazifa boʻlib qoladi.
5. Maʼnaviy va maʼrifiy sohalar rivojlantiriladi
Ushbu maqsadda “Yangi Oʻzbekiston – maʼrifatli jamiyat” kontseptsiyasi amalga oshiriladi. Madaniyat va sanʼatni yuksaltirish, yoshlarni sogʻlom eʼtiqod ruhida tarbiyalash, millatlararo hamjihatlik va oʻzaro hurmatni mustahkamlashga ustuvor ahamiyat qaratiladi.
6. Global muammolarning milliy va mintaqaviy yechimlarini topish
Global muammolarning milliy yechimlarini topishda barcha saʼy-harakatlar uygʻunlashtiriladi.
Xususan, ekologik tahdidlarning salbiy taʼsiri ortib borayotgani qayd etildi. Orolboʻyini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi sifatida rivojlantirish, Butunjahon ekologiya xartiyasini ishlab chiqish masalalariga toʻxtalib oʻtildi.
7. Tinchlik va xavfsizlikni taʼminlash
Xalqaro hamkorlikda pragmatik va chuqur oʻylangan tashqi siyosat, iqtisodiy diplomatiya davom ettiriladi. Avvalo, qoʻshni mamlakatlar va dunyoning barcha mintaqalaridagi sheriklar bilan oʻzaro manfaatli va koʻpqirrali aloqalar kengaytiriladi.
Qurolli Kuchlar qudrati yanada oshirilishi, harbiylarning jangovar shayligi, jismoniy va maʼnaviy tayyorgarligi kuchaytiriladi.
Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev yuqorida qayd etilgan yoʻnalishlardagi maqsadlariga erishish uchun kelgusi besh yillikda butun "borligʻi bilan, xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishga vaʼda berdi.
Shu bilan Oliy Majlisda boʻlib oʻtgan Shavkat Mirziyoyevning prezidentlik lavozimiga kirishish marosimi yakunlandi.
Eslatib oʻtamiz, bugun Oliy Majlisning yangi zalida boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston prezidentining inauguratsiya marosimida parlamentining yuqori va quyi palatalari deputatlari, diplomatik korpus vakillari hamda jurnalistlar ishtirok etishdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala