Jamiyat

Oʻzbekistondagi chang Arabiston changidan nimasi bilan farq qiladi?

Fizik olim xulosaiga koʻra, Oʻzbekistondagi chang murakkab shakli va zaryadlanish xususiyatiga ega, u yuzaga tez yopishadi va qiyin tozalanadi.
TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. Yosh fizik olim Rustam Ashurov Oʻzbekistonda shu kunlarda yopirilgan chang boshqa joyning changidan nimabi bilan farq qilishini tushuntirib berdi.
"Bizning changimiz ham oʻzgacha. Bizdagi chang zarralari oʻzining strukturasi, tarkibi, formasi boʻyicha qum boʻronlari boʻladigan joylarnikidan murakkabroq. Zaryadlanishi ham oson. Shu sababli bizning chang oʻtirgan yuzalardan osonlikcha tozalanmaydi. Bizda bir qavat qoplangan chang ustiga ikkinchi qavatni oʻtirishi oson kechadi. Yaʼni keyingi qavatlar bilan bogʻlanish mustahkam boʻladi.
Qolaversa, bizda choʻldan kelayotgan chang zarralari tarkibida turli mineral va tuzlar bor. Ular yoʻlda musbat zaryadlanib yuzaga mustahkam joylasha oladi. Bizga faqat xoʻllangan latta yordam berishi mumkin
Arabistonda qum boʻronlari koʻp boʻlsa ham, chang zarralarining formasi sferikka yaqin boʻlgani, yuzasi silliqligi va tarkibining zaryadlanish darajasi pastligi tufayli yengil shamol ham yuzadagi chang zarralarini uchirib keta oladi", - deb yozib qoldirgan oʻzining Facebookdagi sahifasida olim.
Eslatib oʻtamiz, Toshkent va Sirdaryo shaharlarida 4 noyabr kuni kuchli chang boʻroni kuzatilgan edi. Oʻzgidromet soat atmosferada chang zarrachalari miqdori belgilanganidan 30 baravargacha oshganini maʼlum qilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala