Jamiyat

Samarqandda marafon tufayli 17ta koʻcha yopiladi

© Press-slujba MCHS UzbekistanaII Mejdunarodnыy Tashkentskiy marafon
II Mejdunarodnыy Tashkentskiy marafon - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.11.2021
Samarqandning markaziy koʻchalarida transport harakati vaqtincha berkitilishi mumkin. Marafon ishtirokchilari oʻtgan koʻchalar muddatidan oldin ochiladi.
TOSHKENT, 6 noya - Sputnik. Samarqandda 7-noyabr kuni boʻlib oʻtadigan xalqaro yarim marafaon vaqtida 17ta koʻchalarda harakat vaqtincha toʻxtatiladi, deb xabar qilmoqda shahar hokimligi.

Xususan, 7-noyabr kuni soat 06:00 dan 15:00 ga qadar shahrimizning quyidagi koʻcha va hududlarida transport vositalarining harakati vaqti-vaqti bilan toʻxtatiladi va marafon ishtirokchilari harakatlanib boʻlgan koʻchalar muddatidan oldin ochib boriladi:

Registon koʻchasining “Non bozorchasi” oldidan Universitet xiyobonigacha boʻlgan qismida;
Dahbed koʻchasining Registon koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan Rudakiy koʻchasigacha boʻlgan qismida;
Bogʻimaydon koʻchasining Dahbed koʻchasi bilan tutashmasidan Qoʻshhovuz koʻchasigacha boʻlgan qismida;
Imom Al-Buxoriy koʻchasining Dahbed koʻchasi bilan tutashmasidan Shohi Zinda koʻchasigacha boʻlgan qismida;
Maroqand koʻchasining Imom Al-Buxoriy koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan, Ibn Sino koʻchasigacha boʻlgan qismida;
Chorraha koʻchasining Dahbed koʻchasi bilan tutashmasidan Bibixonim koʻchasigacha boʻlgan qismida;
Ruhobod koʻchasining Registon koʻchasi bilan tutashmasidan Amir Temur maqbarasi orqali Universitet xiyobonigacha boʻlgan qismida;
Universitet xiyoboni koʻchasida;
G-34 yoʻlining Universitet xiyobonidan Muqumiy koʻchasi bilan kesishgan chorrahasigacha boʻlgan qismida;
Boʻstonsaroy koʻchasining Rudakiy koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan Universitet xiyobonigacha boʻlgan qismida;
Amir Temur koʻchasini Boʻstonsaroy koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan Abdurahmon Jomiy koʻchasigacha boʻlgan qismida;
Abdurahmon Jomiy koʻchasini Amir Temur koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan Mirzo Ulugʻbek koʻchasigacha boʻlgan qismida;
Mirzo Ulugʻbek koʻchasining Abdurahmon Jomiy koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan Boʻstonsaroy koʻchasigacha boʻlgan qismida;
Ibn Sino koʻchasining Rudakiy koʻchasi bilan kesishgan chorrahasidan Oydin yoʻl koʻchasigacha boʻlgan qismida;
Vohid Abdullayev koʻchasining Ibn Sino koʻchasi bilan tutashmasidan Hazrati Xizr masjidigacha boʻlgan qismida;
Islom Karimov koʻchasining Hazrati Xizr masjididan Shohi Zinda koʻchasigacha boʻlgan qismida;
Shohi Zinda koʻchasi “Siyob” dehqon bozoridan Ulugʻbek observatoriyasigacha boʻlgan qismida;
Samarqand yarim marafoni - bu har yili xayriya maqsadlarda oʻtkaziladigan sport tadbiri boʻlib, u Oʻzbekiston Madaniyat vazirligi, Turizmni rivojlantirish qoʻmitasi hamda Samarqand viloyati hokimligi koʻmagida amalga oshiriladi.
Samarkand half marathon - masofasi 21 km, 97.5 metr boʻlib, uning yoʻnalishi qadimiy shaharning eng chiroyli joylaridan oʻtadi. Marafonda tushga barcha mablagʻlar nogiron borlalarni davolash maqsadlarida foydalaniladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala