Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal prisagu prezidenta
Shavkat Mirziyoyev prinyal prisagu prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2021
Obuna bo‘lish
So‘z boshida Shavkat Mirziyoyev saylovda ishtirok etgan barcha fuqarolarga hamda jurnalist va blogerlarga minnatdorlik bildirdi.
TOShKENT, 6 noya - Sputnik. Bugun O‘zbekiston Oliy Majlisining yangi majlislar zalida Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Marosimda Qonunchilik palatasi deputatlari, senatorlar, diplomatik korpus vakllari hamda OAV vakillari ishtirok etmoqda.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal prisagu prezidenta
Shavkat Mirziyoyev prinyal prisagu prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2021
Shavkat Mirziyoyev prinyal prisagu prezidenta
Prezident qasamodidan oldin Majlislar zaliga O‘zbekiston bayrog‘i, prezident shtandarti, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, muqaddas Qur’oni Karim va prezidentlik belgisi tantanali ravishda olib chiqildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTorjestvenniy vinos simvolov Respubliki Uzbekistan na seremonii inauguratsii
Torjestvenniy vinos simvolov Respubliki Uzbekistan na seremonii inauguratsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2021
Torjestvenniy vinos simvolov Respubliki Uzbekistan na seremonii inauguratsii
O‘zbekiston Konstitutsiyasining 92-moddasiga binoan, Shavkat Mirziyoyev quyidagi so‘zlarni aytib qasamod qabul qildi.
"O‘zbekiston xalqiga sadoqat bilan xizmat qilishga, respublikaning Konstitutsiyasi va qonunlariga qat’iy rioya etishga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga kafolat berishga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti zimmasiga yuklatilgan vazifalarni vijdonan bajarishga tantanali qasamod qilaman", - dedi prezident.
Shundan so‘ng O‘zbekiston madhiyasi yangradi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev prinyal prisagu prezidenta
Shavkat Mirziyoyev prinyal prisagu prezidenta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2021
Shavkat Mirziyoyev prinyal prisagu prezidenta
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston davlat bayrog‘i, madhiyasi va gerbiga, hamda prezidentlik Oliy nishoniga yuksak hurmat bajo keltirishini aytdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaTorjestvenniy vinos simvolov Respubliki Uzbekistan na seremonii inauguratsii
Torjestvenniy vinos simvolov Respubliki Uzbekistan na seremonii inauguratsii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.11.2021
Torjestvenniy vinos simvolov Respubliki Uzbekistan na seremonii inauguratsii
Yangiliklar lentasi
0