Iqtisod

“Urgut” erkin iqtisodiy zonasi yana 580 gektarga kengaytiriladi

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev posetil SEZ "Urgut"
Shavkat Mirziyoyev posetil SEZ Urgut - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.11.2021
Bu yerda zamonaviy, eksportga yoʻnaltirilgan, tashqi va ichki bozorda talabgir boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqariladi.
TOSHKENT, 6 noya – Sputnik. “Urgut” erkin iqtisodiy zonasi yana 580 gektarga kengaytiriladi, bu haqida prezident tomonidan 5 noyabr kuni imzolangan yangi qarorda aytib oʻtilgan.
Erkin iqtisodiy zona hududini kengaytirishda davlat va jamoat foydalanuvida boʻlgan yerlardan 580,8 gektarer maydon ajratib beriladi.
Ushbu maydonlarda zamonaviy, eksportga yoʻnaltirilgan, tashqi va ichki bozorda talabgir boʻlgan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Ushbu hududda faoliyat yuritayotgan, innovatsion loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlarga “Urgut” EIZi aʼzosi maqomi beriladi.
Samarqand qiloyati hokimligi Urgun EIZining yangi hududlari bosh rejalarini ishlab chiqishi va tasdiqlashi topshirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Samarqand viloyatida Urgut tumani hududida joylashgan “Urgut” EIZi 2017 yilda tashkil etilgan edi. Bugungi kunda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida qiymati 402 million dollarlikdan ziyod 84 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. “Urgut” EIZida sunʼiy tolalari gilamlar, kiyim-kechak, elektr plita va duxovkalar ishlab chiqish yoʻlga qoʻyilgan. Jami 4,5 mingdan ortiq kishi ish bilan taʼminlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala