Jamiyat

“Changga qarshi kurash”: Toshkent koʻchalari suv bilan yuvilmoqda

© Press-slujba xokimiyata Yangixayotskogo rayonaUlitsы Tashkenta nachali polivat
Ulitsы Tashkenta nachali polivat - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.11.2021
Toshkentda soʻnggi 150 yil davomida qayd etilmagan qum boʻroni kuzatildi.
TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. Toshkent shahrining qator koʻchalari changni bostirish uchun suv bilan yuvilmoqda. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu ishlarga maxsus texnikalar jalb qilingan. Ular poytaxt koʻchalarini changdan tozalashga xizmat qilishmoqda.
Avvalroq Toshkentda 4 noyabrdan boshlab kuchli chang va qum boʻroni kuzatilgan edi.
Oʻzgidromet poytaxt havosidagi chang miqdori 30 barobargacha koʻtarilganini maʼlum qildi. Yaqin kunlar ichida (ayrim xulosalarga koʻra 12 noyabrga qadar) Toshkent hududida yogʻingarchilik kutilmayotgani bois havoda yuqori chang miqdori yuqori darajada saqlanib qolinishi kutilmoqda.
Chang boʻroni tufayli “Tez yordamga” qoʻngʻiroqlar soni ham oshib ketdi. Koʻpchilik nafas siqishi bilan murojaat qilgan. Sogʻliqni saqlash vazirligi fuqarolarga chang boʻronida nimalar qilishga oid tavsiyalar berdi.
Jamiyat
Oʻzbekistondagi chang Arabiston changidan nimasi bilan farq qiladi?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala