Siyosat

Dekabrda Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga rasmiy tashrifi rejalashtirilmoqda

© REUTERS / Kim Hong-JiShavkat Mirziyoyev i Mun Chje In
Shavkat Mirziyoyev i Mun Chje In  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.11.2021
Janubiy Koreya prezidenti Shavkat Mirziyoyevga tabrik yoʻllab, uni dekabr oyida Koreyada kutayotganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil dekabrida Janubiy Koreyaga rasmiy tashrif bilan borishni rejalashtirmoqda. Bu Koreya Respublikasi prezidenti Mun Chje Inning Oʻzbekiston rahbariga yoʻllagan qutlovidan maʼlum boʻldi.
Koreya yetakchisi Mirziyoyevni Oʻzbekiston prezidenti lavozimiga muvaffaqiyatli qayta saylangani bilan qutlagan. U kelgusi besh yilda Koreya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga umid bildirgan.
“Siz va rafiqangiz bilan joriy yil dekabr oyida Koreyada uchrashishimni orziqib kutmoqdaman”, - deyiladi Mun Chje In qutlovida.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev (sprava) i premyer-ministr Vengrii Viktor Orban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.11.2021
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev kelgusi yilda Vengriyaga safar qilishni rejalashtirmoqda
Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In 2019 yil 18-21 aprel kunlari davlat tashrifi bilan Oʻzbekistonda boʻlgan edi. Unga qadar 2017 yil 22-25 noyabr kunlari Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi amalga oshirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala