Iqtisod

Ishsizlik nafaqasi qancha?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.11.2021
Ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida koʻpi bilan 26 hafta davomida toʻlanadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “Aholi bandligi toʻgʻrisida”gi qonun (OʻRQ–642, 20.10.2020 y) bilan ishsizlik nafaqasi miqdori oshirilgan.
Oʻzbekistonda ishsizlik nafaqasi 12 oylik davr ichida koʻpi bilan 26 hafta davomida toʻlanadi.
Ishsizlik nafaqasi miqdori quyidagicha:
ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) soʻnggi 12 oylik davr ichida mahrum boʻlgan shaxslarga – avvalgi ish joyidagi oʻrtacha oylik ish haqining 50 foizi miqdorida, lekin mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHEKM – 822 ming soʻm)dan oz boʻlmagan miqdorda;
ishdan va ish haqidan (mehnat daromadidan) mahrum boʻlgan hamda uzoq (1 yildan ortiq) tanaffusdan keyin mehnat faoliyatini qayta boshlashga harakat qilayotgan shaxslarga – MHEKMning 1 baravari miqdorida;
ilgari ishlamagan, birinchi marta ish qidirayotgan shaxslarga – MHEKMning kamida 75 foizi miqdorida.
Natsionalnaya valyuta Uzbekistana — sum - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.11.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda eng kam maosh qancha?
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala