Turizm

Oʻtgan 9 oyda Oʻzbekistonga qancha sayyoh tashrif buyurgani aytildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovKoreyskiy turistы v Tashkente
Koreyskiy turistы v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.11.2021
Oʻzbekistonga 2021 yilda koʻproq ayrim Gʻarbiy Yevropa, Amerika va MDH davlatlaridan sayyohlar kelgan.
TOSHKENT, 7 noya — Sputnik. 2021 yilning 9 oyida Oʻzbekistonga 1,2 mln nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurgan. Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.
Maʼlum qilinishicha, pandemiya davrida 260 ming ish oʻrini, 1400 ta turistik tashkilot va 1360 ta joylashtirish vositasi, 2,2 mlndan ortiq gid-tarjimon va turizmga yondosh sohalar faoliyatini saqlab qolish maqsadida sohadagi tadbirkolik subʼyektlariga ssuda, kredit, soliq imtiyozlari taqdim etilgan. Qoʻshimcha tarzda xorijiy sayyohlardan olinadigan turistik yigʻim 2023 yil 1 sentyabrgacha toʻxtatilgan.
Shuningdek, turizm sohasida tadbirkorlik subʼyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun hisobot davrida 6,5 mlrd soʻm miqdorida mablagʻ davlat byudjetidan subsidiya ajratilgan.
2021 yilning yanvar-sentyabr oylari davomida 105 ta yangi mehmonxona, 1 001 ta oilaviy mehmon uylari, 90 ta turistik korxona ochilgan.
“Turizm sohasini tiklash uchun olib borilgan amaliy ishlar natijasida joriy yilning 9 oyi davomida yurtimizga 1 mln 200 ming (1 135 621) nafarga yaqin xorijiy sayyohlar tashrif buyurdi va 273 mln dollar miqdorida turizm xizmatlari eksport qilindi”, - dedi Turizm va sport vazirining birinchi oʻrinbosari Ulugʻbek Aʼzamov.
Tahlillarga koʻra, 2021 yilda ayrim Gʻarbiy Yevropa, Amerika va MDH davlatlaridan kutilganidan ham koʻproq sayyohlar tashrif buyurmoqda. Yaponiya, Xitoy, Hindiston va Janubi-sharqiy Osiyo (Indoneziya, Malayziya, Singapur, Tailand, Tayvan, Janubiy Koreya) davlatlardagi cheklovlar sababli prognoz qilingan koʻsatkichlardan kam miqdorda sayyoh kelgan.
Yil davomida mazkur toifadagi sayyohlar sonini 1,7 mln nafarga yetkazish prognoz qilingan.
Samarkand, mavzoley Shaxi-Zinda - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.10.2021
Turizm
Noyabrdagi dam olish kunlarida rossiyaliklar eng koʻp Oʻzbekistonga uchishi maʼlum boʻldi
Mehnat bozori talabidan kelib chiqib, “Trevel jurnalistika”, “Kreativ industriya”, “Smart turizm”, “Madaniy merosni boshqarish”, “Muzey ishi” yoʻnalishlari tashkil etildi. Shuningdek, mamlakat tarixi va madaniy merosini chuqur oʻrganish uchun oliygoh qoshida “Ipak yoʻli tsivilizatsiyasi” tadqiqot instituti tashkil etilmoqda.
Kelgusida bitiruvchilarni ish bilan taʼminlash maqsadida oliygoh va “Samarqand turizm markazi” oʻrtasida hamkorlik munosabatlari oʻrnatilgan. 2022-2023 yillarda Samarqand tumanida 212 gektar maydonda tashkil etilayotgan Markazda 10 ta inshoot, jumladan, kongress xoll, mehmonxonalar, dam olish maskanlari qurib, ishga tushiriladi.
Novogodnyaya yelka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.10.2021
Turizm
Oʻzbekiston Yangi yilni nishonlash uchun eng jozibali mamlakatlar beshligiga kiritildi
Shuningdek, turizm sohasidagi oliy oʻquv yurtlari va kollejlarning bitiruvchilarini ish bilan taʼminlash uchun “Travel-jobs.uz” veb-sayti (platforma) ishga tushirildi. Platforma ish beruvchi hamda bitiruvchilarni toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa oʻrnatishiga koʻmaklashadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala