Hodisalar

Aholidan gaz oʻgʻirlagan jinoiy guruhga mansabdorlar va organ xodimlari rahnamolik qilgan

© Sputnik / Yakov Glinskiy / Fotobankka oʻtishGazovыe ballonы
Gazovыe ballonы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2021
Samarqandda aholiga ajratilgan gazni talon-toroj qilgan mansabdorlar guruhi fosh qilindi.
TOSHKENT, 8 noya – Sputnik. Samarqand viloyatida gazni talon-toroj qilib kelayotgan jinoiy guruh ushlandi, deb xabar qilmoqda viloyat prokuraturasi matbuot xizmati.
Guruh Past Dargʻom tumanidagi “Samarqand gaz toʻldirish stantsiyasi”dan aholi xonadonlariga ajratilgan imtiyozli narxdagi suyultirilgan gazni yashirin ravishda talon-toroj qilib kelgan.
Ular “Nurobod gaz servis” MCHJga qarashli “DAF” 20 tonna sigʻimli yuk avtomashinasida suyultirilgan uglevodorodli (propan) gazni muntazam tashish bilan shugʻullanishgan.
Preduprejdeniye ob opasnosti ryadom s truboy gazoprovoda na fasade zdaniya. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.10.2021
Jamiyat
Qaysi hududda gaz koʻproq oʻgʻirlanyapti
Hozirda jinoiy uyushmaning 6 aʼzosi hibsga olingan. Bu raqamlar koʻlami kengayishi kutilmoqda. Chunki guruhga bir qator mansabdor shaxslar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari rahnamolik qilib kelishgani aniqlangan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻrilik) 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Viloyat prokurori ishni shaxsan nazoratiga olgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala