Jamiyat

Ayrim turdagi mevalar import bojidan ozod qilindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishPrilavok s fruktami i ovoщami
Prilavok s fruktami i ovoщami - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.11.2021
Ayrim turdagi mevalar import bojidan ozod qilindi
TOSHKENT, 8 noya — Sputnik. Ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat tovarlarining asosiy turlariga aholining ortib borayotgan talabini toʻliq qondirish, narxlar oshib ketishi va aholi real daromadlari pasayishining oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasi 2021 yil 7 oktyabr kuni “Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan kafolatli taʼminlash va ichki bozorda narxlar barqarorligini saqlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Banan, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.10.2021
Iqtisod
Oʻzbekistonda banan va tsitrus mevalar bojxona bojidan ozod qilinadi
DBQ maʼlumotiga koʻra, asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari narxlarining mavsumiy oshishining oldini olish maqsadida 2022 yil 1 mayga qadar:
- bananlar, shu jumladan plantaynlar (yangi yoki quritilgan);
- yangi yoki quritilgan finikilar, anjir, ananaslar, avokado, guayyava, mango va mangostan yoki gartsiniya;
- yangi yoki quritilgan tsitrus mevalar;
- yangi papayya;
- yangi olma, nok va behi;
- kivi tovarlari istisno tariqasida, bojxona bojidan ozod qilindi.
Fruktы na rыnke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.02.2021
Iqtisod
Oʻzbekiston 1 milliard dollarlik meva-sabzavot eksport qildi: asosiy xaridor Rossiya
Shuningdek, mazkur qaror bilan oziq-ovqat mahsulotlarini import qilishda tadbirkorlik subʼyektlarini aylanma mablagʻlari bilan taʼminlash maqsadida Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi 32,8 mln AQSH dollari ekvivalentida milliy valyutada hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 200 mlrd. soʻm miqdordagi mablagʻlarni tegishli tijorat banklariga ularning soʻrovlariga asosan 2022 yil 1 iyulga qadar qaytarish sharti bilan foizsiz depozitga joylashtirish belgilab qoʻyildi.
Qaror bilan Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining foizsiz depozitlari hisobidan kreditlar tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik subʼyektlariga likvidli garov taʼminoti asosida oʻsimlik yogʻi, kartoshka, goʻsht (mol, qoʻy, parranda goʻshti), muzlatilgan baliq importi uchun yillik
4 foizlik stavkada ajratilishi belgilab qoʻyildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala